Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi !

img

        Kafedra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, universitet kengashining 2018-yil 28-avgustdagi 1-sonli majlis bayoni bilan Ijtimoiy-gumanitar fanlar va Pedagogika va psixologiya kafedralari yagona kafedra -  Ijtimoiy-gumanitar fanlar  kafedrasiga birlashtirilgan.

 Kafedra mudiri: psixologioya fanlari nomzodi, dotsent Aslonov Ilhom Nizomovich.
 Kafedra tarkibi:  3 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar  falsafa doktori (PhD), faoliyat yuritadi. 
 Kafedra ilmiy salohiyati: 43 %.

                                                     

  Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Oliy ta’limda filologiya yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish.
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish oliy ta’lim bosqichida individuallik, vorisiylik, izchillik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarini ta’minlash. 
  • Milliy tarbiya negizlariga asoslangan holda yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy-ma’naviy merosga hurmat, vatanparvarlik, xalqimizning ezgu an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat fazilatlarini shakllantirish.
  • Shaxsni o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini anglash qobiliyatlarini singdirish.
  • Ijtimoiy fanlar, tarix, ijtimoiy-falsafiy va siyosiy fanlar, huquq, zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida talabalarning atrofdagi olam haqida yaxlit tasavvurlarini yaratish. 
  • O‘zbek tili qoidalarini o‘zlashtirish, uning til qonuniyatlarining buzilishiga murosasizlik hissini tarbiyalash, adabiyot, san’at va so‘z madaniyati qadriyatlarini saqlab, til sofligi uchun kurashish zarurligi.
  • Ijtimoiy guruhlarda psixologik bag‘rikenglikni, turli fikrlarga nisbatan bag‘rikenglikni tarbiyalash.
  • Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilarning jismoniy sog‘lig‘ini saqlashga g‘amxo‘rlik qilish.
  • Ijtimoiy, gumanitar va filologik ta’limning barcha jabhalarini muntazam yangilash kafedraning ustuvor vazifasidir.                                                                                              

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Umumiy pedagogika (2-kurs, 60111400 O'zbek tili va adabiyoti).
Falsafa (1-kurs, 60230600 Noshirlik ishi).
Umumiy sotsilogiya (1-kurs, 60311000 Sotsiologiya).
Ijtimoiy antropologiya ( 1-kurs, 60311000 Sotsiologiya).
Umumiy psixologiya (2-kurs, 60111400 O'zbek tili va adabiyoti (sirtqi)).
Umumiy psixologiya (2-kurs, 60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti).
Umumiy psixologiya (3-kurs, 5120100 Filologiya va tillarni o'qitish).
"Tarbiya" fanini o'qitish metodikasi (4-kurs, 5111200).
Yangi O'zbekiston strategiyasi (1-kurs, 110000)