Ilmiy texnikaviy kengash

Ilmiy-texnikaviy kengash faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari

ITK ni tashkil etishning asosiy maqsadi:

  • universitetda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali boshqarishni muvofiqlashtirish;
  • ilmiy faoliyatga oid turli tashkiliy masalalarni muhokamasiga ilmiy jamoatchilikni jalb etish;
  • ilmiy faoliyat natijalarini fan-ta’limning mos tarmoqlariga, o‘quv va ilmiy-ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etishda ishtirok etish;
  • dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar ToshDO‘TU Ilmiy kengashida muhokama etilganidan keyin, ushbu hujjatlar ToshDO‘TAU ilmiy-texnikaviy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi, ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarni attestatsiya ishiga ilova qilish uchun berishni ta’minlash;
  • ToshDO‘TAUning ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
  • ilmiy tadqiqotlar loyihalarini olib borish va Respublikada mos sohalardagi talabni hisobga olib, ToshDO‘TAUning asosiy ilmiy-tadqiqot faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
  • yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuchilarni faolligini oshirish, shuningdek iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga keng jalb etishlarini ta’minlash;
  • fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-pedagogik xodimlarni imkon qadar keng jalb etish;
  • ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiya va risolalarning sifati va ularning mazmunini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda xulosa berish;
  • ToshDO‘TAUning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategik rejasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek yangi kalendar yil uchun ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha taklif berish;
  • kompleks ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari va innovatsion loyihalarini bajarishda kafedralar ishini muvofiqlashtirish;
  • ToshDO‘TAUning kafedralari rivojlanish istiqbollarini, ularda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini, ularning universitet ta’lim dasturlari va mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishiga mos kelishini aniqlash bo‘yicha takliflar berish;
  • bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini baholash va tahlil qilish, shuningdek kafedralarning yillik rejalaridagi ilmiy ish yakunlarini monitoring qilish;
  • o‘quv-ilmiy, ilmiy-amaliy laboratoriyalarni tashkil etilishini maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish, ularning rejalari va hisobotlarni tasdiqlash;
  • ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlari va innovatsion loyihalarning natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish va baholash, shuningdek ularni davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
  • chop etishga tayyorlangan ilmiy ishlarni va maqolalarni muhokama qilish va ekespert xulosasini berish;
  • ilmiy-tadqiqotlar olib borish bazasidan foydalanish samarasini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini davriy ravishda eshitib borish va monitoring qilish;
  • fakultetlar, kafedralar ilmiy seminarlar ish faoliyati bo‘yicha xisobotlarni eshitib borish va monitoring qilish;
  • muhokama qilinishi kerak bo‘lgan takliflar, loyihalar va boshqalar bo‘yicha xulosa tayyorlash uchun ekspert guruhlarini shakllantiish;
  • “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallarining faoliyati, xususan chop etiladigan maqolalarning sifati va mazmunini nazorat qilish;
  • “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallariga kelib tushadigan maqolalarni tahlil qilib beruvchi ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda rag‘batlantirish;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti universitetining Ilmiy-texnikaviy
kengashi to‘g‘risida NIZOMiga 1-ilova. Ilova
ToshDO‘TAU Kengashining 2019-yil 27-apreldagi
№ 9-son qarori bilan tasdiqlangan

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashi a’zolari ro‘yxati

F.I.O. Lavozimi Ilmiy darajasi Ilmiy-texnikaviy kengashdagi lavozimi

1.

Abdirashidov Z. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, DSc, dotsent ITK Raisi

2.

Jo‘raqo‘ziyev N. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, PhD ITK Raisi o‘rinbosari

3.

Baxronova D. Til nazariyasi kafedrasi, PhD, dotsent ITK kotibi

4.

Yo‘ldoshev Q. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi, f.f.d., professor a’zo

5.

Dadaboyev H. Til nazariyasi kafedrasi, f.f.d., professor

 

6.

Niyazmetova R. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi, f.f.d., professor a’zo

7.

Abdushukurov B. O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani, f.f.d., professor a’zo

8.

Sobirov A. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.d., professor a’zo

9.

Ashirboyev S. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi, f.f.d., professor a’zo

10.

Mengliyev B. Amaliy filologiya kafedrasi mudiri, f.f.d., professor a’zo

11.

Jabborov N. O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi, f.f.d., professor a’zo

12.

Karimov B. Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi, f.f.d., professor a’zo

13.

Muxamedova S. Amaliy filologiya fakulteti dekani, f.f.d., professor a’zo

14.

Jo‘raqulov U. Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi, DSc, professor v.b a’zo

15.

Zohidov R. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi, f.f.d., dotsent a’zo

16.

Xolmanova Z. Til nazariyasi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor a’zo

17.

Normurodova N. Madaniyatlarararo muloqot va turizm kafedrasi, DSc, dotsent a’zo

18.

Raupova L. O‘zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti dekani, f.f.d., professor a’zo

19.

Abdullayeva M. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi, DSc, dotsent a’zo

20.

Yusupova D. O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi, f.f.d., dotsent a’zo