Nurboy Jabborov ilmiy maktabi

Filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning ilmiy maktabi

     ToshDO‘TAU O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov O‘zbekiston va xalqaro ilmiy jamoatchilik orasida munosib e’tirof qozongan olim. Uning ilmiy faoliyati o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandalari: Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Amiriy, Furqat va Muqimiy merosidan mumtoz adabiyotshunoslikning nazariy muammolarigacha, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nazariyasi va amaliyotidan jadidchilik va jadid adabiyoti masalalari hamda zamonaviy o‘zbek she’riyati va nasri taraqqiyot tamoyillarigacha bo‘lgan katta ko‘lamni qamrab oladi.
       Olim shu paytgacha 14 nomda kitob, 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 700 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirgan. Ular orasida “Zamon, mezon, she’riyat”, “Ma’rifat nadir?”, “Adabiyot va milliy ma’naviyat”, “Maoniy ahlining sohibqironi” singari monografiya va risolalari tahliliy quvvati, noyob adabiy-estetik qonuniyatlar aniqlangani, ilmiy-nazariy xulosalarining puxta ekani bilan alohida ajralib turadi. Ilmiy maqolalari AQSH, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Malayziya, va Qozog‘istonning nufuzli jurnallarida chop etilgan. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Maoniy ahlining sohibqironi” monografiyasi Abdurauf Fitrat nomidagi "Eng yaxshi adabiy-tanqidiy va publitsistik asar" mukofoti bilan taqdirlangan. 
        Nurboy Jabborov ilmiy rahbarligida 6 nafar fan doktori, 22 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangani uning ilmiy maktabi munosib davomchilariga ega ekanini ko‘rsatadi. Ulardan biri Tursun Qurbon Xitoyning Shinjong universiteti professori ekani olimning xalqaro miqyosda ham ilmiy kadrlar yetishtirayotgani dalilidir. 
Ayni kezda olimning ilmiy rahbarligida bir qancha doktorlik (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyalar ustida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy izlanish olib boryapti.  

    ToshDO‘TAU O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov O‘zbekiston va xalqaro ilmiy jamoatchilik orasida munosib e’tirof qozongan olim. Uning ilmiy faoliyati o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandalari: Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Amiriy, Furqat va Muqimiy merosidan mumtoz adabiyotshunoslikning nazariy muammolarigacha, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nazariyasi va amaliyotidan jadidchilik va jadid adabiyoti masalalari hamda zamonaviy o‘zbek she’riyati va nasri taraqqiyot tamoyillarigacha bo‘lgan katta ko‘lamni qamrab oladi.
Olim shu paytgacha 12 nomda kitob, 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirgan. Ular orasida “Zamon, mezon, she’riyat”, “Ma’rifat nadir?”, “Adabiyot va milliy ma’naviyat”, “Maoniy ahlining sohibqironi” singari monografiya va risolalari ilmiy tahlil quvvati, noyob adabiy-estetik qonuniyatlar aniqlangani, ilmiy-nazariy xulosalarining puxta ekani bilan alohida ajralib turadi. Ilmiy maqolalari AQSH, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Malayziya, va Qozog‘istonning nufuzli jurnallarida chop etilgan. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Maoniy ahlining sohibqironi” monografiyasi Abdurauf Fitrat nomidagi "Eng yaxshi adabiy-tanqidiy va publitsistik asar" mukofoti bilan taqdirlangan. 
     Nurboy Jabborov ilmiy rahbarligida 2 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangani uning ilmiy maktabi munosib davomchilariga ega ekanini ko‘rsatadi. Ulardan biri Tursun Qurbon Xitoyning Shinjon universiteti professori ekani olimning xalqaro miqyosda ham ilmiy kadrlar yetishtirayotgani dalilidir. 
     Ayni kezda olimning ilmiy rahbarligida bir qancha doktorlik (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyalar ustida bir qancha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy izlanish olib boryapti.