Yozgi maktab

 

ToshDO‘TAU bilan yoz o‘tadi soz. O‘zbek tili kurslarimiz talablaringizga mos.

 

Ipak Yo‘li bo‘ylab ajoyib sarguzashtlar sari yo‘l olish va o‘zbek tilini o‘rganish istagidamisiz?  ToshDO‘TAU yozgi maktabi sizga aynan shu imkoniyatni taqdim etadi. Ushbu yozgi maktabda siz o‘zbek tili, uning yorqin adabiyoti, qadimiy tarixi va ajoyib o'zbek milliy taomlarini tanishtiruvchi o‘quv kurslarida taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

 

ToshDO‘TAU yozgi maktabida o‘qib yozni qiziq va sermazmun o‘tkazasiz, jumladan, o‘z dunyoqarashingizni kengaytirish va o‘zbek madaniyatini anglash uchun noyob imkoniyatni qo‘lga kiritasiz. Shuningdek, bizning malakali o‘qituvchi va gidlarimiz sizni O‘rta Osiyoning marvaridi bo‘lmish ​​qadimiy shaharlar - Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyurib, ularning 2000 yillik tarixi bilan tanishtirishadi.

O‘zbek milliy madaniyati va tilini dunyoga tanitish bizning ilg‘or maqsadimizdir!

#######################

 

photo

photo

photo

photo photo

photo

photo