Yoshlar ittifoqi haqida

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat-notijorat tashkilotidir.

Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-yil sentabr oyida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilgan. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi rahbarlik qiladi. Boshlang‘ich tashkilot har o‘quv yilining boshida o‘zining ish rejasini e’lon qiladi va shu asosda o‘zining faoliyatini yuritadi. Universitet talabalari Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etiladigan barcha loyihalar, anjumanlar, ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etadi.