Xalqaro reytingda ishtirok etish

     

      Times Higher Education (THE) Xalqaro reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan "THE Impact Rankings 2022" reytingi javoblari bo'yicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti top 1000+ universitetlar ro'yxatiga kiritildi. Unga ko'ra, ToshDO'TAU 17 yo’nalishdagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) orasidan sakkiztasida ishtirok etdi. Universitetimiz "Sifatli ta'lim ta'minlash (SDG4)" bo'yicha saralangan 1000 dan ziyod dunyo universitetlari orasidan faxrli 600-o'rinni egalladi, "Barqaror taraqqiyot uchun tinch va inklyuziv jamiyatlarni targ'ib qilish (SDG16)"  hamda "Gender tengliga erishish (SDG 5)" bo'yicha yuqori  ko'rsatgichga ega bo'ldi.

     Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.
PF bilan quyidagi
havola orqali batafsil tanishing.

     Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish nazarda tutilgan.

     Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov boshchiligida universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishi va munosib o’rin olishi bo’yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilgan. Bir necha yillar mobaynida ushbu reyting bo’yicha ma’sul xodimlar turli xil seminarlarda qatnashib kelishmoqda. 

“Greenmetrics” xalqaro reytingi
Shu yilning 12-dekabr sanasida “Greenmetrics UI” xalqaro reyting natijasiga ko’ra universitet 507-o’rinni qo’lga kiritdi. Ushbu reytingda qatnashgan O’zbeksiton universitetlari orasida 5-o’rinni egallab turmoqda. Xususan, ta'lim va fan yo'nalishida 1-o'rin, Energiya va iqlim o'zgarishi yo'nalishida 2-o'rin, Suv tozaligi va uni tejash bo'yicha 4-o'rin, Infratuzilma bo'yicha 8-o'rin, Chiqindilar va ularni qayta ishlash yo'nalishida 8-o'rin hamda Transport bo'yicha 10-natijani qayd etdi.

     Universitetning nomi bilan QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education) reyting platformalari ochilgan bo’lib, ma’sul xodimlar tomonidan ma’lumotlar yuklanib kelinmoqda. Batafsil ma’lumotlar quyida:

photo

QS (Quacquarelli Symonds)

photo

THE (Times Higher Education)