Rektorat

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich

Qabul kunlari
Juma 14.00
Telefon
(+99871) 281-47-44
Elektron pochta
rector_tsuull@navoiy-uni.uz

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori

1961-yil 23 - iyul

O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 

1978-1984 - yillar

Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Sharq fakulteti talabasi. Mutaxassisligi filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti o‘qituvchisi.

1984-1984 - yil

Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Sharq fakulteti o‘qituvchisi

1984-1986 - yillar

Harbiy xizmat

1987-1993 - yillar

Samarqand davlat universiteti, o‘qituvchi

1993-1998 - yillar

O‘ZFA Samarqand bo‘limi ilmiy kotibi

1998-2003 - yillar

“Imom al-Buxoriy” xalqaro jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari

2003-2005 - yillar

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining falsafa va jahon madaniyati kafedrasi professori, kafedra mudiri 

2005-2012 - yillar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti birinchi prorektori 

2012-2014 - yillar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

2014-2016 - yillar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori, rektori

2016- h.v.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Tavsif

• Sh.S.Sirojiddinov taniqli adabiyotshunos va manbashunos olim, filologiya fanlari doktori, professor
• O‘zbekiston adabiyot sohasida 1-darajali Davlat mukofoti laureati
• Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot laureati
• Ozarbayjon Fanlar akademiyasi faxriy doktori  (Ozarbayjon)
• Nijniy Novgorod Lingvistika universiteti faxriy professori (Rossiya)
• Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro assotsiatsiyasining hamraisi (Koreya) 
• Yevroosiyo turkiy tadqiqotlar instituti ilmiy maslahatchisi (Koreya)
• Filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini berish bo‘yicha  ilmiy kengash raisi (Toshkent, O‘zbekiston)
• Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi  doktorlik ilmiy darajasini berish bo‘yicha kengashlar a’zosi.
• O‘zbekiston Respublikasi Atamashunoslik komissiyasi rais o‘rinbosari 
• Nyu York Fanlar akademiyasi a’zosi
• Kaliforniya Fanlar akademiyasi a’zosi

Muharrirlik faoliyati 

• 2012-2014  -  “ Xorijiy filologiya” jurnali bosh muharriri
• 2014-2016  - “O‘zMU xabarnomasi” bosh muharriri
• 2018 – h.v.  – “Oltin bitiklar” jurnali bosh muharriri
• 2019-x.v.   – “Xalqaro “Uzbekistan: Language and culture” jurnali bosh muharriri

Ilmiy jurnallardagi faoliyati

• “Müqayiseli edebiyyatşünasliq” xalqaro jurnali tahririyat a’zosi (Ozarboyjon)
• “The Journal of Eurasian Turkic Studies” xalqaro jurnali tahririyat a’zosi (Koreya)
• “Karabuk degrisi” xalqaro jurnali tahririyat a’zosi (Turkiya)
• “Turkologiya” xalqaro jurnali tahririyat a’zosi (Ozarboyjon)
• “Jahon adabiyoti” jurnali  tahririyat a’zosi (O‘zbekiston)
• “Zvezda Vostoka” jurnali tahririyat a’zosi (O‘zbekiston)
• “Imom Buxoriy saboklari” jurnali  tahririyat a’zosi (O‘zbekiston)
• “Filologiya masalalari” jurnali tahririyat a’zosi (O‘zbekiston)
• “Er yuzi” jurnali  tahririyat a’zosi (O‘zbekiston)
• “Yoshlik” jurnali tahririyat a’zosi (O‘zbekiston)                               

Ilmiy,  o‘quv-uslubiy ishlari

    Sh.Sirojiddinovning 300 dan ortiq  ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan, jumladan, 14 ta monografiya, 6 darslik va o‘quv qo‘llanmalar,  150 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir.
1991-yilda «XIX asr Kattaqo‘rg‘on shoirlari ijodida Alisher Navoiy an’analari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini Samarqand Davlat universiteti huzuridagi K067.04.02 raqamli Ixtisoslashgan kengashda akademik B.Valixo‘jaev rahbarligida himoya qilgan.
1998-yil iyun oyida «Alisher Navoiy hayoti va faoliyatiga oid XV-XIX asrlarda yaratilgan fors manbalari» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hamid Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar instituti huzuridagi D.015.91.01 raqamli Ixtisoslashgan kengashda himoya qilgan.    2002-2003-yillar muallifning Oksford universitetiga ilmiy safari chog‘ida mashhur Bodlean kutubxonasi, Britaniya muzeyi va Oksford universiteti Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondidagi Alisher Navoiy hayoti va asarlari bilan bog‘liq qo‘lyozmalar ko‘rib chiqilib, dissertatsiya mukammallashtirilgan va monografiya holatiga keltirilib, 2011-yilda Toshkentda “Akademnashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan.
 “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasi  mustaqillik yillarida o‘tmish mutafakkirlarimizning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyatini tarixiy va mafkuraviy soxtalashtirish ko‘rinishlaridan tozalash, ularning jahon madaniyati tizimidagi maqomini real ko‘rsatib bergan  yirik fundamental asarlardan biridir. 
Ushbu monografiya uzoq yillik tadqiqot ishlari samarasi  bo‘lib, 1991-1998 yillarda Samarqand Davlat universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zRFA Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti qo‘lyozmalari fondida bajarilgan.  
    Shuhrat Sirojiddinovning  bir qancha o‘quv qo‘llanma va darsliklari, jumladan,  “Islom falsafasiga kirish: kalom  ilmi” , “Istoriya religiy” darsliklari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq falsafasi kafedrasida; “Navoiyshunoslik”, “O‘zbek adabiyotining falsafiy sarchashmalari”, “Matnshunoslik qirralari”, “Matnshunoslikdan saboqlar” darsliklari  O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari filologiya fakultetlarida, “Badiiy tarjima asoslari” O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida asosiy adabiyot sifatida o‘qitib kelinmoqda.  “Badiiy tarjima asoslari” (2011) o‘quv qo‘llanmasi respublikada mustaqillik yillarida amalga oshirilgan badiiy tarjima bo‘yicha birinchi darslikdir. 
    Mazkur tadqiqot asosida O‘zbekistonda Alisher Navoiy hayoti haqida bir necha yangi badiiy asarlar yaratildi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Alining “Navoiy va Boyqaro”, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Navoiy Samarqandda” dramasi, Isajon Sultonning “Navoiy “ romani shu jumladandir.  


Turkologiyani rivojlantirishdagi xizmatlari

    Sh.Sirojiddinov O‘zbekiston va turkiy tilli davlatlar o‘rtasida ta’lim va gumanitar sohalar, shuningdek, madaniy aloqalarni rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan jamoat arboblaridan biridir.  Uning rahbarligida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro nufuzga ega bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik”, “tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili”, “noshirlik ishi”, “turkologiya”, “gid hamrohligi va tarjimonlik”, “kompyuter lingvistikasi”, “sinxron tarjima”, “Kompyuter grafikasi va dizayn” kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ochildi. Bugungi kunda universitetda Turk tili va madaniyati markazi, Rus tili va madaniyati markazi, Xalqaro til markazi, Xitoy tili va madaniyati markazi, Koreys tili va madaniyati markazi, Fuzuliy nomidagi Ozarboyjon madaniyati markazi kabi bir qancha markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitet Rossiya, SNG davlatlari, Xitoy, Turkiya  Koreya, Yaponiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari oliy ta’lim muassasalari bilan  50 dan ziyod shartnomalar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda.  
    Sh.Sirojiddinov O‘zbekiston va Turkiya, shuningdek turkiy tilli davlatlarning ilm-fan sohasi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarini rivojlantirishga bevosita katta hissa qo‘shib kelmoqda. Jumladan, uning tashabbusi bilan Turkiyaning bir qancha universitetlari, jumladan, Istanbul Madaniyat, Marmara, Afyon, Ushak, Hoji Bayram Vali, Karabuk, Nide, Bandirma, Istiniya universitetlari, Turk Dil Kurumi, Turk adabiyoti vakfi, Turk dunyosi tadqiqotlari vaqfi, Ozarboyjon Respublikasida Fanlar Akademiyasi Til va Adabiyot instituti, Fuzuliy nomidagi qo‘lyozmalar instituti, Ozarboyjon Tillar universiteti, Ganjaviy nomidagi Naxchivan davlat universiteti, Tataristonda Qozon federal universiteti, Tatariston  va Boshqirdiston Fanlar akademiyasi, Qozog‘istonda Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy gumanitar universiteti, Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universiteti bilan, Rossiyadagi bir qator turkiy tillar o‘qitiladigan  universitetlar, jumladan, Moskva davlat universiteti, Moskva xalqaro munosabatlar instituti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Nijniy Novgorod lingvistika universiteti, Tyumen universiteti va boshqa universitetlar  bilan yaqin  hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.  Shuningdek, AQSh, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Afg‘oniston universitetlarida o‘zbek tilini o‘qitish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Sh.Sirojiddinov xorijlik hamkorlar bilan qo‘shma o‘quv dasturlarini joriy etish ishlarida ham alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Jumladan, Turkiya universitetlari bilan magistrlik dasturi bo‘yicha turizm, kompyuter grafikasi va dizayn, turkiy tillar bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqishda bosh bo‘ldi va ularni birma-bir amaliyotga kiritmoqda. Turkiytilli xalqlar tili, adabiyoti va madaniyatini targ‘ib etish maqsadida  universitetda uning tashabbusi bilan 2018 -yilda “ O‘zbek tili va xalqaro turkologiya muammolari” mavzusida 2 ta, 2016-yildan beri “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida yillik xalqaro  konferensiyalar o‘tkazib kelinmoqda.    2019-yil avgust oyida “O‘zbek  adabiyoti va uni xalqaro miqyosda o‘rganish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.      
 

Asarlari:

1. She’riyatda inson ruhiy kamoloti talqini. Samarkand, “Zarafshon” nashriyoti, 1992.
2. Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun. Samarqand, «Zarafshon» nashriyoti, 1994 (hammualliflikda).
3. Navoiy navosidan bahra olib. Samarqand, “Zarafshon” nashriyoti, 1996.
4. Navoiy zamondoshlari e’tirofida. Samarqand, «Zarafshon» nashriyoti, 1996.
5. Ummon (Nojiy hayoti va ijodi). Samarqand, «Zarafshon» nashriyoti,1996.
6. XV-XVI asrlar tarixiy va tazkira-esdalik asarlarida Alisher Navoiy hayoti va faoliyati talqini. Samarqand, Zarafshon nashriyoti, 1997.
7. Mavlono Lutfulloh manoqibi. “Imom al-Buxoriy” nashriyoti, 2002.
8. So‘fi Olloyor ilohiyoti. Toshkent, «Imom al-Buxoriy» nashriyoti, 2001.
9. Buyuk allomalar ijodida ahillik va bag‘rikenglik g‘oyalari. Toshkent, JIDU nashriyoti, 2005 (hammualliflikda).
10. O‘zbekiston: dinlararo hamjihatlik – tinchlik garovi. Toshkent, JIDU nashriyoti, 2005 (hammualliflikda).
11. Peace and Tolerance.Training manual ( Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati ). Toshkent, JIDU nashriyoti, 2005 (hammualliflikda).
12. Religii mira . Tashkent, JIDU nashriyoti, 2006.
13. O‘rta Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari. Toshkent, O‘zR FA  Falsafa va huquq instituti, 2007 (hammualliflikda).
14. Bag‘rikenglik-dinlarning ma’rifiy asosi. Toshkent, TDShI nashriyoti, 2010.
15. Islom falsafasiga kirish: Kalom ilmi. Toshkent, “Iqtisod-moliya” nashriyoti,  2008.
16. Ilm va taxayyul sarhadlari. Toshkent, Yangi asr avlodi,  2011.
17. O‘zbek mumtoz adabiyotining falsafiy sarchashmalari Toshkent, Yangi asr avlodi, 2011.
18. Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. Toshkent, Akademnashr, 2011.
19. Badiiy tarjima asoslari Toshkent, “Mumtoz so‘z” nashriyoti, 2011(hammualliflikda).
20. Interpretatsiya xudojestvennogo teksta Samarkand,SamDChTI, 2014 (hammualliflikda).
21. O‘zbek matnshunosligi qirralari: matn, tahlil va tajriba Toshkent, 2015 (hammualliflikda).
22. Navobaxsh baytlar jozibasi. Toshkent, “Bayoz” nashriyoti, 2017 (hammualliflikda).
23. Navo’i the great Tashkent, Gafur Gulam, 2018.
24. Navoiyshunoslik. Toshkent, Tamaddun, 2018 (hammualliflikda).
25. Navoiy aqidalari. Toshkent, 2019.
26. Matnshunoslik saboqlari. Toshkent, Akademnashr, 2019.
27. Hijriy va milodiy yillarni o‘zaro tabdil qilish usullari. Toshkent, Muharrir, 2019.
28. Amir Alisher. Toshkent, Adabiyot , 2023.

Vazifalari

• O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

• Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

• ToshDO‘TAUda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;

• ToshDO‘TAUning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, ToshDO‘TAUning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

• Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

• ToshDO‘TAUning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

• Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

• Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

• Talabalarni, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni universitetga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki-mehnat tartibiga rioya etilishini ta’minlash;

• Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

• Fakultetlar va kafedralar faoliyati, kredit modul tizimiga asoslangan o‘quv jarayoni, ma’ruzalar,  o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;

• ToshDO‘TAUda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;

• Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;

• ToshDO‘TAUning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ToshDO‘TAU Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, ToshDO‘TAUning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;

• Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish,  ta’lim uchun investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, ilmiy markaz (kafedra, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

• Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

• O‘zbek tilining nufuzini nafaqat milliy doirada, balki jahon hamjamiyatida ham oshirish va shu maqsadda ilm-fan rivojlangan dunyoning yetakchi mamlakatlarida o‘zbek tilini o‘qitish kurslarini tashkil etish choralarini ko‘rish;

• O‘zbek adabiyotining zamonaviy jahon adabiyoti kontekstida targ‘ib qilinishi hamda tarjima ishlarini amalga oshirish borasida tegishli tadbirlarni hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

• O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning dunyo ta’lim standartlariga mos milliy konsepsiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish jarayoniga rahbarlik qilish;

• Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;

• O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Normamatov Sultonbek Ermamatovich

Qabul kunlari
Seshanba 14.00 - 17.00
Telefon
(+99871) 281-40-97
Elektron pochta
normamatov@navoiy-uni.uz

Normamatov Sultonbek Ermamatovich

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

1995-1996 - Boyovut tumani  45-umumta’lim maktabi to‘garak rahbari
1996-200  - Guliston davlat universiteti  talabasi
2000-2001 - Guliston davlat universiteti  O‘zbek tilshunosligi kafedrasi kabinet mudiri
2001-2003 - Guliston davlat universiteti magistranti
2003-2011 - Guliston davlat universiteti  Filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2011-2013 - Guliston davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi  kafedrasi   mudiri
2014-2015 - Guliston davlat universiteti  o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi
2016-2018 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2018-2019 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xalqaro qo‘shma dasturlar bo‘limi boshlig‘i
2019-2019 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri   
2019-yildan hozirgacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv  ishlari bo‘yicha prorektor   
 

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog-xodimlar tomonidan to‘liq bajarilishini tashkil etish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, oliy ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalar ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, ta’lim sifatini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida muntazam oshirib borish choralarini ko‘rish;
  • Kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, kafedra mudiri va fakultet dekani lavozimlariga istiqbolli yoshlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;    
  • Universitet tasarrufidagi akademik litseyga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini samarali tashkil etish, akademik litseyda ta’lim sifatini muntazam oshirib borish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish choralari ko‘rish.
Jamoliddinova Odinaxon Rasulovna

Qabul kunlari
Chorshanba va juma 
15.00 - 17.00
Telefon
(+99871) 281-41-93
Elektron pochta
 

Jamoliddinova Odinaxon Rasulovna

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

1989-1992  - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi TDPU) talabasi
1992-1998  - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti, o‘qituvchisi
1998-1999  - Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi dotsenti
1999-2000  - Jizzax viloyati hokimligining  Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish majmui  masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi
1999-2008  - Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyat bo‘limi direktori
2002-2006  - Jizzax davlat pedagogika instituti Yoshlar pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri
2006-2008  - Jizzax davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
2008-2012   - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, 
Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi
2012-2015  - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori
2015-2020  - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. 
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi
2020 -2023  - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
2023-yil fevraldan hozirgacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • universitetda ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • ilmiy va innovatsion faoliyatga oid yuqori turuvchi tashkilotlar buyruq va farmoyishlari, universitet kengashi qarorlari hamda rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • universitetdagi ilmiy va innovatsion ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • fakultet, kafedra va ilmiy tadqiqot markazlari yillik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini monitoring qilish;
  • bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, pedagog-xodimlarning shaxsiy ish rejalari bajarilishini monitoring qilish;
  • xalqaro hamkorlik markazi bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusi va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlaщda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun zaruriy hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
  • universitet ilmiy-texnik kengashiga rahbarlik qilish;
  • iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash, ularga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdagi stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha monitoring o‘tkazish, tahlil qilish va universitet kengashiga hisobot berish;
  • o‘rnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • ilmiy va innovatsion faoliyatni doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
Normurodova Nozliya Zarilovna

Qabul kunlari
Juma 14.00 - 17.00
Telefon
(+99871) 281-50-13 
Elektron pochta
nnormurodova@navoiy-uni.uz

Normurodova Nozliya Zarilovna

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

2003-2007 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
2007-2009 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistri
2009-2015 - O‘zbekiston davlat jahon tillari unіversiteti Ingliz tili stilistikasi kafedrasi stajyor-tadqiqotchi izlanuvchisi,o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri
2013- y. may-avgust Kaen universitetiga ilmiy stajirovka (Fransiya)
2015-y. noyabr-dekabr - Voronej Davlat universitetida malaka oshirish (Rossiya)
2015–2016 - Chet tillarni o‘qitish Respublika ilmiy-amaliy markazining CEFR tizimini monitoring qilish va baholash bo‘limi boshlig‘i
2016y-n h. k. - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri
2017-y. iyun-avgust - Parij shahrida o‘tkazilgan tanlov g‘olibasi, Rahbar ayollar yozgi maktabi ishtirokchisi (Fransiya)
2018-y. fevral-iyul - MGIMO, MGU universitetlarida og‘zaki va yozma tarjima til o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy stajirovka (Rossiya)
2018-y. sentabr-oktabr - Tromso universitetida ilmiy stajirovka ishtirokchisi (Norvegiya)
2018 y. oktabr - Istanbul shahrida o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi Erasmus + dasturi  doirasida seminar-trening ishtirokchisi  (Turkiya)
2018-y. noyabr-dekabr - Malta universiteti malaka oshirish kursi tinglovchisi (Yevropa Ittifoqi) 
2019-y. yanvar-fevral - Xalqaro Erasmus+ ofisi yoshlar siyosati yo‘nalishidagi xalqaro loyiha g‘olibasi (Italiya)
2020-y. yanvar - Gozo vazirligi tomonidan tashkil etilgan Gender tengligi bo‘yicha xalqaro Erasmus+ loyihasi g‘olibasi (Malta,Yevropa Ittifoqi)
2020-y. fevral - Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan magistratura qo‘shma dasturi koordinatori (Turkiya)  
2021 – yildan hozirgacha Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Filologiya, psixologiya  va pedagogika fanlari” yo'nalishi bo‘yicha Ilmiy-texnik kengash a’zosi 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;

Dunyoda ta'lim sifatini baholovchi ko'plab  reyting tizimlari, jumladan, ulardan xalqaro miqyosda tan olinadigan Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS) va Academic Ranking of World Universities (ARWU) mezonlari bo’yicha keng ko’lamli ishni olib borish;

Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish;

Yevropa Ittifoqining dasturlari bo‘yicha universitet tomonidan tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va Yevropa Ittifoqi Komissiyasiga moliyalashtirish uchun vazirlikning tegishli xulosa va tavsiyalarini tayyorlash;

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlash;

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari, jamg‘armalar bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;

Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashkil qilish;

Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish;

Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilarini tavsiya etish;

E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish;

Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetlarga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb-saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

Xoliqov Bahodir Aliqulovich

Qabul kunlari
Chorshanba 
14:00 - 17:00
Telefon
(+99871) 281-41-26
Elektron pochta
xoliqov@navoiy-uni.uz

Xoliqov Bahodir Aliqulovich

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

2003-2007 -  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
2009-2011 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistri
2011-2013 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektor yordamchisi
2013–2015 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi
2015–2016 - O'zbekiston Milliy universiteti Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o'qituvchisi
2016–2016 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i
2016–2017 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi (ichki o'rindoshlik asosida)
2017-2018 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy kengash kotibi
2018-2019 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani o'rinbosari         
2019-2021 - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri   
2021- yildan hozirgi vaqtgacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor

  • Universitetda yoshlarga oid davlat siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va sport sogʻlomlashtirish, har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash yoʻnalishini rivojlantirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va boshqarish
  • Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunning universitetdagi ijrosini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda har yili qabul qilinadigan yoshlarga oid dasturda universitet tomonidan bajarilishi belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash
  • Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlaridagi maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalariga oid qismlarining universitetdagi ijrosini taʼminlash
  • universitetdagi yoshlar va professor-oʻqituvchilari oʻrtasida olib boriladigan sport-sogʻlomlashtirish, tibbiy madaniyat, yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish va boshqa ommaviy tadbirlarining oʻtkazilishini tashkillashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish
  • yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan o‘rinbosarlari, pedagog-tarbiyachi, talabalar kengashi raislari faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ularning kengashlarida ishtirok etish
  • yoshlar siyosati va dolzarb maʼnaviy-maʼrifiy masalalar, maʼnaviy-ahloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uslubiyoti va mexanizmlarini joriy etish
  • tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish
  • faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini taʼminlash.
Azimov Inomjon Mamasodiqovich

Qabul kunlari
Chorshanba 
14:00 - 17:00
Telefon
(+99871) 
Elektron pochta
inomjon@navoiy-uni.uz

Azimov Inomjon Mamasodiqovich

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – prorektor

1984-1991 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti  talabasi
1991-1995 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti  eski o‘zbek tili va yozuvi kafedrasi o‘qituvchisi
1995-1996 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti  eski o‘zbek tili va yozuvi kafedrasi katta o‘qituvchisi
1996-1996 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti  gumanitar fan mutaxassisliklari tayyorlash o‘quv bo‘limi boshlig‘i
1996-2005 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  eski o‘zbek tili va yozuvi kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi, mudiri
2005-2016 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani 
2016-2017 - Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani
2017-2018 - Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani
2018-2019 - Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori
2019-2020 - Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakulteti dekani
2020-yildan hozirgacha - Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – prorektor 

  • markaz faoliyatiga yakka tartibda umumiy rahbarlikni amalga oshirish va yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob berish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining buyrug‘i va ko‘rsatmalarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Markaz nomidan ish olib borish;
  • barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashish;
  • markaz mol-mulkiga mas’ullik qilish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalar berish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida hamda bank muassasalarida hisob raqamini ochish;
  • markaz mol-mulki va moliyaviy mablag‘laridan o‘rnatilgan tartibda foydalanish bo‘yicha buyruqlar berish;
  • barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar berish;
  • markaz bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash hamda xodimlarning xizmat vazifalarini belgilash;
  • o‘rnatilgan  tartibda tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq Markaz faoliyatini tashkil etish, amaldagi tuzilmaga Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
  • shtatlar jadvalini ishlab chiqish, bo‘lim boshliqlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish;
  • xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • mehnat, ijro intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
  • markaz faoliyati bo‘yicha universitet Kengashiga muntazam ravishda hisobot berib borish;
  • xodim va professor-o‘qituvchilarga bajargan ishi uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda haq to‘lash hamda uning o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;
  • mehnat va ijro intizomi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
  • xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarning vakolatli organlari huquqlarini hurmat qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish, mehnat, ilmiy tadqiqot va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish;
  • mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish;
  • shtat, budjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisoboti nazoratini tashkil etish;
  • hududiy markazlar faoliyatini nazorat qilish;
  • mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlash, muassasaning moliyaviy ahvoli haqida mehnat jamoasini muntazam xabardor qilib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatda xolisona ko‘rib chiqilishni ta’minlash.