Yashil universitet

 

 

Dunyoga mashhur "UI GreenMetric"  jahon universitetlari reytingining 2024-yil natijalari e'lon qilindi. 
2022-yilda universitetimiz ushbu reytingda birinchi marta ishtirok etib, 507-oʻrinni, 2023-yilda esa 376-o'rinni  egallagan boʻlsa, bu yil 347-oʻrinni qayd etdi. Ushbu natija  universitetimizda amalga oshirilgan ishlarning strategik jihatdan puxta oʻylanganligi va biz mana shunday shijoat bilan ishlashda davom etishimizni anglatadi. 
Aytish oʻrinliki, ushbu reytingda sifatli ta'lim va infratuzilma, yashil energiyadan foydalanish, iqlim o'zgarishi, suv muammosi,  transport sohalari,  fan va tadqiqot yo‘nalishlarida universitetlar tomonidan olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinadi.
Universitetimiz jamoasi va talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!

Eslatib oʻtamiz, ushbu natija bilan universitetimiz mahalliy OTMlar ichida 3-oʻrinni egalladi.