Qo‘shma dastur
Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2 yo'nalish bo'yicha qo'shma dasturlar o'z faoliyatini olib boradi:
1. “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati”
2. "Kompyuter grafikasi va mediadizayn".
Ushbu dasturlar magistratura yo'nalishi hisoblanib, uning bitiruvchilari ikki hamkor universitetlarning mustaqil diplomlariga ega bo'ladilar.
5A611501 “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” magistratura yo‘nalishi universitetimizda 2019-yildan beri faoliyat yuritadi. Hamroh universitetimiz Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya) bo‘lib, 2019 yildan beri bizning talabalar chet elda ta’lim olish imkoniyatidan foydalanmoqdalar. Ushbu dasturning yana bir afzalligi shundaki, bitiruvchilar ikkita mustaqil, ammo bir xil darajada vakolatli bo‘lgan diplomga ega bo‘ladi. Yo‘nalish talabalari ikki tilli o‘quv muhitida ta’lim oladilar. O‘quv amaliyoti talabalarning xohishiga ko‘ra O‘zbekistonda yoki hamkor universitetda amalga oshiriladi.
Dastur bo'yicha o'qitiladigan fanlar:
Madaniyatlararo muloqot
Professional tajima va talqin
Temuriylar sulolasining me’morchiligi va san’ati
Mintaqaviy tadqiqotlar
Markaziy Osiyoda totalitarizm
Tadqiqot usullar va nashr ettirish etikasi
Protokol va ijtimoiy xulq-atvor qoidalari
Turkiya turizm borliqlari
Vizantiya san’ati va me’morlichigi
Mifologiya va ikonografiya
Muzeyshunoslik
Anadolu madaniyatlari arxeologiyasi
Qa’bul: