Hamidjon Homidiy ilmiy maktabi

Filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidiyning ilmiy maktabi

“Koʻhna manbalar tadqiqi yoʻlida” ilmiy maktab a’zolari adabiyotimiz tarixi, adabiy aloqalar, tarjima adabiyotiga doir manbalarni topish, oʻrganish bilan shugʻullanadi. Hozirgacha “Hofiz gʻazallariga Sudiy sharhi”, “Tazkirat ul-avliyo turkiy”, “Qissayi Siyovush”, “Shohnomayi turkiy”, “Kitobi podshoh Jamshid”, “Dorobnoma” singari manbalar tadqiq etilib, ulardan ayrimlari nashrga tayyorlandi, ommalashtirildi. Hamidjon Homidiy ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatini shartli ravishda beshta yo‘nalishga ajratish mumkin: manbashunoslik yo‘nalishidagi faoliyat; adabiyot tarixida adiblar hayotining ochilmagan qirralarini o‘rganish; tazkiranavislik faoliyati; tarjimonlik faoliyati; etnografiyamiz manbalarini yig‘ish. Matn tadqiqi badiiy asarni mikrodarajada o‘rganish va saviyasini belgilashga xizmat qiladi. Hamidjon Homidiy shu yo‘nalishda 10 ta monografiya va risola, 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr etgan.
Olim rahbarligida bugungi kungacha 2 nafar doktorlik (DSc) va 13 nafar  filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan.