Saodat Muhamedova ilmiy maktabi
Saodat Xudoyberdiyevna Muhamedova ko‘p yillar mobaynida tilshunoslik nazariyasi, kompyuter lingvistikasi, o‘zbek tilining semasiologiyasi va morfologiyasi, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kabi yo‘nalishlarda izlanishlar olib boradi. Shu kungacha 2 nafar DSc va 10 nafar PhD ilmiy darajasini olgan tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilgan. Hozirda yana 1 nafar DSc va 7 nafar PhD tadqiqotchisining ilmiy ishiga rahbarlik qilmoqda.
Uning ilmiy rahbarligida xitoylik tadqiqotchi Da Zenxin o‘zbek va xitoy tillaridagi maqollar qiyoslangan PhD dissertatsiyasini o‘zbek tilida muvaffaqiyatli himoya qildi (2023). Bugunni kunda ham uning ilmiy rahbarligida Xitoy fuqarosi Bay Yan xitoy va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni chog‘ishtirish bo‘yicha doktorlik (PhD) dissertatsiyasi ustida izlanmoqda.
S.Muhamedovaning ilmiy maqolalari Angliya, Turkiya, Rossiya, Xorvatiya, Ozarbayjon va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarda nashr qilingan ilmiy jurnallar va maqolalar to‘plamlarida nashr qilingan, u ko‘plab xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashgan. Ispaniya (2018), Rossiya (2019, 2020)da malaka oshirgan. Akademik alamashinuv dasturlarida faol ishtirok etgan - Rossiya (2019), Turkiya (2022), Ozarbayjon (2023), Tojikiston (2024).
S.Muhamedova bir necha nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar - “Mahmud Koshg‘arli”, “Ulduz”, “Elmiy ish” jurnallarining tahririyati a’zosi hisoblanadi. O‘zR OAK tasaruffidagi “O‘zbekston til va madaniyat. Amaliy filologiya masalalari” jurnalining bosh muharriri.
S.Muhamedova ko‘p yillardan beri o‘zbek tilini dunyo miqyosida targ‘ib, tashviq qilish bo‘yicha faol ish olib boradi. U o‘z faoliyati mobaynida doimiy ravishda mazkur sohada yosh pedagoglar uchun o‘quv-seminarlar va o‘zbek tilini xorijda o‘qitish yuzasidan xalqaro vebinarlar tashkil etib kelmoqda. U O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha Xalqaro olimpiada hay’ati a’zosi.
S.Muhamedovaning rossiyalik, ozarbayjonlik, tataristonlik olimlar bilan hammualliflikdagi maqolalari nufuzli ilmiy jurnallarda nashr qilingan (Xirsh indeksi - 5, i10 indeksi – 4). Uning rahbarligida Toshkentda (2016) va Bokuda (2017) jamoaviy monografiyalar nashr qilingan.
O‘zbekiston-Ozarbayjon xalqaro adabiy-ilmiy-madaniy aloqalar rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun 2015-yilda Ozarbayjon xalqaro Vektor akademiyasining akademigi etib saylangan, 2017- yilda xalqaro Mikail Mushfiq nomidagi mukofot bilan, 2022 -yilda Ozarbayjonda joylashgan Dunyo yoshlari turkiy yozuvchilari Uyushmasining Faxriy Farmoni bilan taqdirlangan.
S.Muhamedova 26 ta bosma kitob (5ta monografiya, 7ta darslik, 7ta o‘quv qo‘llanma, 8ta metodik qo‘llanma), 4 ta elektron darslik, 118 tadan oshiq ilmiy maqolalarning (shundan 19 tasi xorijiy jurnallarda va 11tasi xorijiy xalqaro konferensiyalarning ilmiy maqolalari to‘plamlarida nashr qilingan) muallifi.
Uning “Tilshunoslik asoslari” darsligi 2014 - yilda “Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti ” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligida Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohasi ekspert komissiyasi a’zosi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi “O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish” o‘quv-metodik birlashma eksperti.
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha Toshkent shahri komissiyasi (adabiyot bo‘yicha) a’zosi.
S.Muhamedova Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda bajarilishi 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” nomli amaliy loyiha rahbari bo‘lgan. U oxirgi yillarda bir necha ilmiy loyihalarda yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FIL.19.01 raqamli Ilmiy kengash hamda ushbu kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi.
S.Muhamedova, shuningdek, Buxoro davlat universiteti huzuridagi DSc.03/04.06.2021.FIL.72.09 raqamli Ilmiy kengash a’zosi.
S.Muhamedova ko‘p yillardan beri sohaga oid Davlat dasturlari va hukumat qarorlari ijrosini ta’minlashda, davlat dasturlari va yirik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda, uning ish tajribasi hudud va respublika miqyosida ommalashtirilgan, u o‘zining halol mehnati, jamoat ishlaridagi faolligi va yuksak insoniylik fazilatlari bilan atrofdagilarga namuna bo‘lib kelayapti.
S.Muxamedova Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, taraqqiyotimizning yagona to‘g‘ri yo‘li bo‘lgan – ta’lim sifatini oshirishda jonbozlik ko‘rsatib, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etgan holda bu boradagi o‘z fikrlarini muntazam ravishda TV, radio, bosma OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bildirib keladi. U oxirgi 3 ichida “Yangi O‘zbekiston” gazetasida 8ta maqolani nashr qilgan.