Iqtidorli talabalar

 

Xurramova Aziza

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan rasmlar va videoroliklar onlayn tanlovining universitet  bosqichida 1-o‘rin sovrindori .
Oliy ta'lim vazirligining "Bahor nafasi" onlayn fototanlovi universitet bosqichida 2-o'rinni olgani uchun rektor tomonidan universitet sertifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
"Nigoh"  universitet foto loyihasining instagram profilini tashkil etgan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining ilmiy jabhaga oid rasmiy kanalida matbuot kotibi.
O'zbek tili va adabiyoti universitetiga oid  ma'naviy va ma'rifiy ishlar blogi yurituvchisi.
“ One million uzbek coders “ dasturini tugatgan va sertifikat bilan taqdirlangan.

 


 

To’raboyeva Mahliyo

2018 yilda “O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida “O‘quvchi qizning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan;
2018 yilda “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” Respublika ilmiy-amaliy konfepensiyasida “Eng yaxshi ma’ruza muallifi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan;
► 2019-2020 yillar davomida “The Chance Forum”, “Union V”, “International Girls Summit”, “Navqiron jurnalistlar” Respublika Forumi, “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida“, “Alisher Navoiy va XXI asr” kabi xalqaro ilmiy anjumanlar, konferensiyalar, seminar va vorkshoplarda tashkilotchi va ishtirokchi sifatida qatnashgan; 
“Yoshlar” teleradiokanalining “Davr”, “Yangi kun”, “Ana tomosha” kabi dasturlarida 300 ga yaqin lavhalarga mualliflik qilgan;
► O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlar haqida tayyorlangan maxsus film va 10ga yaqin ijtimoiy roliklar muallifi;
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan tayyorlangan hujjatli film va turkum roliklar muallifi;
O‘zbek adabiyotining eng yorqin namoyondalari: Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va jadidlar merosini yoshlar orasida targ‘ib qiluvchi 20 ga yaqin ijtimoiy roliklarga mualliflik qilgan;
► Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi;
► O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ijroiya qo‘mitasi Jamoatchilik Kengashi a’zosi;
Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan, yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qilishni maqsad qilgan "Salom, yoshlar!" blogi muallifi;


 

Homidova Gulnoza

2021-yil: Eron davlati tomonidan tashkil etilgan “Harkat” Xalqaro loyihalar tanlovida ishtirok etib, 110 ga yaqin davlat ichida “Ikki davlat o`rtasida munosobat” haqida ishlab chiqilgan loyiha dasturi g`oliblar qatoridan o`rin olgan va Eron davlatida 5 kunlik loyiha almashinuv dasturida ishtirok etish uchun yo`llanmani qo'lga kiritgan.
2021-yil: AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etilgan kichik grantlar tanlovida Respublika bo`yicha 100 dan ortiq loyihalar ichida g`oliblar qatoridan o`rin olgan va ingliz tili o`qituvchilari uchun vebsayt ishlab chiqqan. Ushbu loyiha uchun AQSH elchixonasi 50 millionlik miqdorda mablag` ajratgan.
2021-yil: 11-avgustdan 4-noyabrgacha AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Learning Python for Data Visualization” 4 oylik online darslarda faol ishtirok etgan va sertifikat bilan taqdirlangan.
2021-yil: Rossiyada Yetakchilik va loyiha vakolatlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Dialogues about Russia” online forumda faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.


 

Uzoqova Mohiya

2018-2021-yillar oralig‘ida universitet, Respublika va xalqaro miqyosda tashkil etib kelinayotgan ilmiy konferensiyalarda maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shu kunga qadar 9 ta ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan.
2020-yil ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirib, umumiy 7.0 ballni qo‘lga kiritgan.
2021-yilda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan bevosita hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro Tashkent Model of Unitetd Nations (TIMUN) konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
2021-yili “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.
2021-yil hammualiflikda yozilgan “Transport terminlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug‘ati” kitobi nashrdan chiqdi.
2021-yildan beri O.Abdullayeva  rahbarligi ostida “O‘zbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari” ilmiy tadqiqoti doirasida bajarilayotgan Tug'ro nomli o'zbek tili axborot matnlari korpusi platformasi jamoasi a’zosi hisoblanadi.

 

 


 

Olimjanov Orifjon

2020-yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Izlanish samaralari” xalqaro konferensiyasida  Alisher Navoiy ijodiyoti bo‘yicha maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.
2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” xalqaro ijodiy ishlar tanlovining nazm yo‘nalishida g‘olib bo‘lib, sertifikat bilan taqdirlangan.
2020-yil BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlar odam savdosiga qarshi” ijodiy ishlar tanlovida g‘olib bo‘lgan.
2021-yil “Yosh kitobxon” respublika tanlovining viloyat bosqichida I o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
2019-yil O‘zbekiston Respublikasi yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tomonidan sertifikat bilan, 2020-yil mamlakatamizda hukm surgan pandemiya sharoitidagi volontyorlik faoliyati uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan imzolangan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2019-yil 11-sinf o‘quvchilariga adabiyot fani uchun mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar daftari (hammualliflikda) hamda 2021-yil  Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi g‘azallari sharhiga bag‘ishlangan “So‘z ichra jahongir” nomli risolalari chop etilgan.

 


 

Pardayeva Nigina

2021 - yil 28 - sentabrda Qozog'istonning  Nursulton shahrida o'tkazilgan xalqaro “MDH - iqtidorli yosh olimlar tanlovi” da I darajali diplom,  guvohnoma va “MDH davlatlari lider talabasi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
2021 - yil 25 - yanvarda xalqaro “ КОНКУРС МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ “ tanlovida maqolasi bilan ishtirok etib, I darajali diplom bilan taqdirlangan.
2020 - yil 25 - dekabr  AQSHda Vashington universetiti www.cess tomonidadan" Innovatsion in the modern education sistem " Xalqaro konferensiyasida " O'zbek tilidagi maqol va iboralarning lingvokulturologik tahlili" maqolasi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.


 


 

Samatboyeva Madina

“The sociolects of English and Uzbek language (argot, jargon and slang)”  maqolasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan “ Scientific Research For Development Future” xalqaro konfrensiyasida qatnashgan va to‘plamda chop etilgan.
“O‘zbek tili leksikasida laqab(nickname) tushunchasining leksik semantik xususiyatlari” maqolasi Qaraqalpog‘iston Respublikasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga  bag‘ishlanib o‘tkazilgan “ Ilm va ta’lim tarbiyaning ahamiyatli masalalari” mavzuyidagi respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasida ishtirok etib, chop etilgan.
Лексичкское  семантическое   свойство   брендов” maqolasi Polshada, “Milliy brending” tushunchasida grammatik-sintaktik xususiyatlar” maqolasi Sofia shahrida chop etilgan.
“The etymology of anthroponyms in the tarixi muluki ajam (part 1 based on the peshdodi” maqolasi European journal of research and reflection in educational sciences jurnalida chop etilgan.
(1001 UZBEK POETS) - An annual anthology of Ak Saray Literary Agency Edited by Lisa Eva. ns (America). (Amerikada she’rlari chop etilgan)


 

Boyatov Oybek

2019-2020-o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi” Respublika ko‘rik-tanlovi III o‘rin sovrindori.
2021-yil “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


 

Ruzmetov Shahzodbek

Ruzmetov Shahzod 2018-2019-yillar  “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi.
2019-yil “Talablar teatr studiyasi” Respublika ko‘rik-tanlovi ishchtirokchisi. Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich 2017-2018 va 2018-2019-o‘quv yillarida o‘zining faolligi va yetakchilik qobilyatini namoyon etganligi uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 35%lik imtiyozini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Faol fuqaro debati"ning Toshkent shahar kengashi sardorlaridan biridir.
2020-2021-o‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich  2017-yildan buyon qator ilmiy-nazariy anjumanlarda qatnashib, O‘zbek adabiyoti tarixi va mumtoz poetikaga doir 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarni AQSH, Germaniya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, Ozarbayjon,  Qozog‘iston kabi qator chet davlatlar va Respublikamizda o‘tkazilgan konfirensiyalar, OAK tasarrufidagi jurnallarda chop ettirdi.


 

Yusupov Samandar

2020-yilda   Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan oʻtkazilgan “Til bilimdonlari” tanlovida gʻalaba qozongan va  maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan.
2020-yil Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan oʻtkazilgan “Kitobxon yoshlar” tanlovida gʻolib chiqib,  diplom va sovgʻalari bilan taqdirlanganman.
2021-yil “Yosh kitobxon” respublika tanlovining viloyat bosqichida I o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan. Tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiadada oʻz mutaxassisligim boʻyicha respublika bosqichida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlanganman.