Yosh olimlar jamiyati

“Yosh olimlar jamiyati”ning faoliyati haqida

MA’LUMOTLAR

     Universitetda “Yosh filolog olimlar jamiyati” universitet rektorining 2016.31.12.dagi № 01-247-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Hozirgi kunda “Yosh filolog olimlar” jamiyatida 742 nafarga yaqin talaba a’zo.
     Olimpiada va turli tanlovlarda ishtirok
     Xalqaro olimpiada sovrindorlari 9 nafar. Shundan: 2019-yil – 6 nafar. Rossiyaning Tyumen shahrida bo‘lib o‘tgan Rus tili bo‘yicha OTMlararo xalqaro talabalar olimpiadasida Mamarasulov Tolib, Usmanova Nilufar 1-o‘rin, Ganiev               Akmal, Yunusova Maftuna 2-o‘rinni egalladi.  2020-yil “BMT modeli” xalqaro tanlovi sovrindori – 3 nafar. Ibroxim Mirkomilov, Madina Tuxtamuradova, Nilufar Usmanova
     Respublika olimpiadalarda va nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar
     Universitetda jami 25 nafar talaba nomdor stipendiya va respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan.
     Shundan:
2017-yil – 3 nafar: Yoqubova Sevinch – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Nurullaeva Oydin – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Nurullaeva Oydin – O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin).
2018-yil – 3 nafar: Karimova Nafisa – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Abdurasulova Dilnoza – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Usmonova Iroda – O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin).
2019-yil – 5 nafar, Ashurova Saodat – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Haydarov Muhammad – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Nuriddinova Vazira – O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin). I darajali diplom, G‘anieva Shabnam – Sharq tillari (Fors tili) fani bo‘yicha bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin). I darajali diplom, G‘ulomov Yorqin – Sharq tillari (Arab tili) fani bo‘yicha bo‘yicha respublika olimpiadasida (2 o‘rin). II darajali diplom.
2020-yil – 3 nafar Tursunov Shokirjon – O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (1-o‘rin), Dilbar Mirnosirova – O‘zbek tili fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (2-o‘rin), Go‘zalxon Ortiqalieva – O‘zbek tili fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (2-o‘rin).
2021-yil – 3 nafar Tursunov Shokirjon – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiatori, Ruzmetov Shaxzod – Navoiy nomidagi Davlat stipendiatori, Alimardonova Muhsinabonu – O‘zbek tili fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (1-o‘rin).
2022-yil – Uzoqova Mohiyaxon, Yusupov Samandar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi (bakalavrlar uchun); Olimjonov Orifjon, Ro‘ziboeva Parizoda – Islom Karimov Davlat stipendiyasi; Ergasheva Gulruhsor – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi (doktorantlar uchun), Zaripboeva Nafosat, Samadboeva Madina, G‘afforova Sevinch, Qo‘ziboeva Go‘zal - Navoiy Davlat stipendiyasi
Shuningdek, tadqiqotlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida an’anaviy shaklda har o‘quv yilida 2 marta konferensiya o‘tkazib boriladi. Jumladan, 2021-yil 15-noyabr kuni “Filologiya masalalari yosh taqiqotchilar nigohida” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada 300 nafarga yaqin yosh tadqiqotchi o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari 2022-yil 27-aprpel kuni “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusida konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan. 
Talabalarni ilm-fanga jalb qilishni jadallashtirish va ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadia har yili an’anaviy “Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida Startup loyihalari tanlovi” o‘tkazilib kelinadi. 2022 yil 11 aprel kuni tanlovning 1-turi o‘tkazildi. Tanlovga komissiyasiga kelib tushgan 14 ta loyihadan 5 nafari moliyalashtirish uchun tanlab olindi. 2023-yil fevral oyida ham ushbu tanlov o‘tkazildi.  Tanlovga komissiyasiga kelib tushgan 18 ta loyihadan 13 nafari moliyalashtirish uchun tanlab olindi.
Universitet rektorining 2022-yil 01-08-son “Startap innovatsion loyihasi 1-tanlovi g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan loyihalar moliyalashtirilmoqda. 1-tur bo‘yija jami 25 000 000 (mln) so‘m miqdorida mablag‘ o‘zlashtirish belgilangan. Universitet rektorining 2023-yil 28-fevraldagi 01-32-son “Startap innovatsion loyihasi tanlovi g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan loyihalar moliyalashtirilmoqda. Ushbu tur bo‘yija jami 97 000 000 (mln) so‘m miqdorida mablag‘ o‘zlashtirish belgilangan.
Iqtidorli talabalarning xorijda malaka oshirishi va tajriba almashinuvi
2019-yilda Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universitetidagi yozgi maktabga “Yosh olimlar kengashi” a’zolaridan 8 nafar iqtidorli talaba yuborildi (22-iyundan 6-iyulgacha davom etadi).
Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Turkiyaning “Mavlono” almashinuv dasturi bo‘yicha 6 ta oliy o‘quv yurtlari bilan imzolangan shartnomalarga ko‘ra 2021-2022-o‘quv yilida Hoji Bayram Vali universitetiga 4 nafar doktorant, 4 nafar magistrant, 4 nafar bakalavr, Karabuk universitetiga 4 nafar bakalavr, Nigde Umar Holisdemir universitetiga 2 nafar doktorant, 6 nafar bakalavr, Ushak universitetiga 6 nafar magistrant, 14 nafar bakalavr, Afyon Kojatepe universitetiga 4 nafar magistrant, 4 nafar bakalavr, Bandirma o‘n yedi eylul universitetiga 3 nafar bakalavr yuborilishi rejalashtirilgan.
“Yosh filolog olimlar” jamiyati tomonidan  har yili 2 marta an’anaviy konferensiya tashkil qilindi. Birinchisi aprel oyida “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” nomi ostida, ikkinchisi noyabrda Respublika miqiyosidagi “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida o‘tkazilinadi.
         

             Kengashga t.me/yosholimlarjamiyati telegram kanali orqali bog‘lanish mumkin.