Universitet tarixi

1918

1918

Buyuk tarixning boshlanishi

O‘rta Osiyo davlat universiteti Adabiyot va falsafa fakulteti. Ushbu fakultet hozirgi kunda bir nechta mustaqil universitetlar uchun ham asos bo‘lgan.

1921

1921

Ilk yillar

O‘rta Osiyo davlat universiteti Sharq tadqiqotlari fakulteti. Keyinchalik ushbu fakultetdan mustaqil institut va bir nechta fakultetlar ajralib chiqqan. 

1935

1935

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tarixidan

Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil etildi va eng avvalo  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tashkil etildi.  Ayni vaqtda O’rta Osiyo davlat universiteti ham faoliyat yuritgan.

1942

1942

Shonli yillar

O‘rta Osiyo davlat universitetida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet ko‘plab mashhur olimlar,  ijodkorlar uchun markaz hisoblangan.

1950

1950

Ulug‘ ustozlarni bir maskanga jam qilgan maskan

Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan.  Ushbu fakultet institutning eng qadimiy va eng yirik fakulteti sanalgan.

1956

1956

Ko‘plab yangi sohalar uchun asos bo‘lgan fakultet

O‘rta Osiyo davlat universiteti Toshkent davlat universiteti deb qayta nomlandi va Filologiya (o‘zbek, rus, roman-german tillari va jurnalistika) fakulteti tashkil etildi. 

1968

1968

Metodika sohasidagi yangi bosqich

Toshkent davlat pedagogika instituti tarbida Filologiya (o‘zbek, qozoq, rus, tatar tillari) fakulteti paydo bòladi va yurtimizdagi barcha pedagog-filologlar uchun tayanch muassasaga aylanadi.

1976

1976

Toshkent davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet O‘zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilari tayyorlovchi eng yirik fakultet sanalgan.

1981

1981

Barcha katta ijodkorlar, olimlar yaratgan ilmiy dargoh

Toshkent davlat universiteti yagona ko'p tarmoqli O‘zbek filologiyasi fakulteti tuzildi.  Mazkur fakultetdan bir nechta mustaqil fakultetlar tashkil etildi. 

1998

1998

Katta universitetning katta fakulteti

Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qayta tashkil etildi. 

2000

2000

O‘zbekistonning eng yirik universiteti faxri bo‘lgan edi

Toshkent davlat universiteti O‘zbekiston Milliy universiteti deb qayta nomlandi va unda O‘zbek filologiyasi fakulteti eng katta va qadimiy bilim o’chog’i sifatida bunyod etildi. 

2016

2016

Yangi tarix – yangi zafarlar

O‘zbekiston Milliy universiteti  O‘zbek filologiyasi fakulteti  va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil topdi. Shu bilan birga uchinchi fakultet sifatida O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ham qo'shildi.

2018

2018

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari kengayib, Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili), O'zbek tili va adabiyotini o'qitish,  Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo'yicha) ta’lim yo‘nalishlari qatoriga yangi O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo’nalishi qo‘shildi.

2019

2019

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud talabdan kelib chiqqan holda Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi. 

2020

2020

Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim sohasida rus tili tili bo‘yicha alohida yo‘nalish ochildi.

2021

2021

Universitetda bakalavriat mutaxassisliklari bo'yicha Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti  (fransuz tili), Kompyuter lingvistikasi,  Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o'zbek tili), Amaliy filologiya,  Folklorshunoslik va shevashunoslik singari yangi ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi. 

2022

2022

Zafarli qadamlar

Universitetda Sotsiologiya yo‘nalishi ochildi. OTMlar Milliy reytingida  oltinchi oʻrinni egallab,  THE xalqaro reyting tashkiloti koʻrsatkichiga koʻra 1001+ top universitetga aylandi.