Yoshlar ittifoqi e'lonlari

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab o'tkaziladigan videoroliklar tanlovida ishtirok eting. 
Videoroliklar quyidagi mezonlarda baholanadi:

  • g‘oyaning originalligi va dolzarbligi. Videorolik tanlov talablariga javob berishi hamda unda aks ettirilgan voqea-hodisaning ahamiyati to‘liq ochib berilishi kerak;
  • mavzuga mosligi. 
  • g‘oyaning yangiligi va o'ziga xosligi. Videorolik syujeti original bo‘lib, boshqa videoroliklarning syujet va g‘oyasini takrorlamasligi kerak.
  • ijodiy ish baholanishi jarayonida musiqali fon, videoeffektlardan foydalanilganligi, tomoshabinda tuyg‘u va tasavvur uyg‘ota olishi, kreativlik,

ishning uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi, badiiy va texnik darajasi, efirga uzatish imkoniyati ham inobatga olinadi.

  • Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar:
  • videorolik formati – erkin (MPEG, HD).
  • videorolikning maksimal davomiyligi – 3 daqiqa.
  • videorolik tasvirida muallifning bevosita ishtirok etishi shartmas!

Videoroliklarni @Orifjon_Olimjanov ga 13-yanvar 23:59ga qadar yuboring.

"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI SIZ UCHUN
2022-yil 13-yanvar kuni soat 11:00 da  "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tadi. 
Tanlovda yakka tartibda ishtirok etasiz. Istaganlar  @saparov_eldor ga murojaat qilishi mumkin. 
12-yanvar kuni 23:59 gacha ro'yxatdan o'tishingiz  lozim. Ro'yxatdan o'tganlar uchun maxsus telegram guruhi tashkil etiladi. Tanlov ana shu guruhda bo'lib o'tadi. Barchangizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

"TALABA OVOZI" MUSIQIY TANLOVI TARTIBI BILAN TANISHING.
2022-yil 11-yanvar kuni soat 11:00 da Zoom platformasi orqali "Talaba ovozi" (Vatanni madh etuvchi kuy va taronalar asosida) tanlovi bo'lib o'tadi. Qatnashish istagini bildirganlar 10-yanvar kuni 23:59 ga qadar  @Sodiqov_Mirjalol telegram profiliga murojaat qilishi mumkin. 
Har bir ishtirokchining chiqishi 10 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 

  • Ijro etilgan taronaning tanlov uchun belgilab berilgan mavzuga mosligi - 2 ballgacha;
  • Ovoz va musiqaning bir-biriga uyg‘unligi - 3 ballgacha;
  • Ovozning sof va tozaligi - ballgacha.

7 kunda 7 ta Iphone 13 PRO. Bunaqasi hali bo‘lmagan! Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi onlayn olimpiadalar haftaligini ochiq deb e’lon qiladi!
Aziz talabalar! Ta’tilda zerikdingizmi? Yap-yangi Iphone 13 PRO sohibi bo‘lishni istaysizmi? Unda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring va tengdoshlaringiz havasini keltiring!  
@jonlitestbot'dan ro‘yxatdan o‘ting va quyidagi mavzularda test yeching! Eng yuqori ball sohibi Iphone 13 PRO ni qo‘lga kiritadi: 
7-yanvar – aniq fanlar (matematika, fizika)
8-yanvar – o‘zbek tili va adabiyoti 
9-yanvar – O‘zbekiston va jahon tarixi 
10-yanvar – ingliz tili
11-yanvar – mantiqiy savollar va psixologiya 
12-yanvar – IT bilimdoni
13-yanvar – dunyo xaritasi 
Eslatma: Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlar talabalari g‘olib deb topiladi. Ya'ni testlarni istalgan shaxs yechishi va turli ballarni toplashi mumkin, faqat bosh sovrinni ayni paytda talaba bo'lganlargina qo'lga kiritadi (talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi).
Har kuni soat 09:00 da bitta yo‘nalishda 50 ta test savoli beriladi va 23:59 da yakunlanadi. Ballar teng bo‘lib qolganda takroriy test o‘tkaziladi. Bir kishi faqat bitta yo‘nalishda bosh sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ishtirok etish mutlaqo bepul!