Ekofaol talabalar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil turmush tarzini targ‘ib etish borasida izchil tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Universitetda faoliyat yuritayotgan “Ekofaol talabalar” harakati yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ekologik savodxonlikni oshirish va ekologik mas’uliyatni mustahkamlashga qaratilgan tizimli loyihalar va tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda. Bugungi kunda mazkur harakat universitetning ekologik siyosatida muhim o‘rin tutmoqda.

Dunyoga mashhur “UI GreenMetric” jahon universitetlari reytingining 2022-yil natijalariga ko‘ra, universitetimiz ushbu reytingda ilk bor ishtirok etib, 507-o‘rinni egallagan edi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich yanada yaxshilanib, 376-o‘ringa ko‘tarildi. Eng quvonarlisi, 2024-yilda universitetimiz o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamlab, 347-o‘rinni qayd etdi. Bu yuksalish bizning ekologik yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar strategik jihatdan puxta rejalashtirilganini, universitet jamoasining bu boradagi mas’uliyati va sa’y-harakatlari izchil samara berayotganini anglatadi. Natijalar, shuningdek, kelgusida yanada keng qamrovli loyihalarni amalga oshirishga mustahkam zamin yaratadi.

Ta’kidlash joizki, “UI GreenMetric” reytingi universitetlar faoliyatini sifatli ta’lim va infratuzilma, yashil energiya ulushi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport tizimining ekologik samaradorligi, shuningdek, fan va tadqiqot salohiyati yo‘nalishlari bo‘yicha baholaydi. Universitetimizning ushbu reytingda izchil o‘sish ko‘rsatishi mazkur sohalarda olib borilayotgan amaliy ishlarning e’tirof etilayotganidan darak beradi.

 
Eslatib o‘tamiz, mazkur natijalar bilan universitetimiz mahalliy oliy ta’lim muassasalari orasida 3-o‘rinni egalladi. Bu, shubhasiz, jamoamizning birgalikdagi mehnati, qat’iyati va ekologik barqaror taraqqiyot tamoyillariga sodiqligining yaqqol ifodasidir.

Ekologik madaniyat sog'lom hayot garovi

"Oʻzbekiston-Ozarbayjon: Yoshlar Ipak yoʻli iqlim forumi" oʻtkazildi

“Ziyolilar bogʻi” barpo etildi