Akademik Shuhrat Sirojiddinov ilmiy maktabi

Filologiya fanlari doktori, akademik Shuhrat Sirojiddinovning ilmiy maktabi

        O‘zbek adabiyoti bo‘yicha tadqiqotlarning samaradorligi XXI asrda jahon adabiyotini tadqiq etishning zamonaviy paradigmalari asosida olib borilishini taqozo etmoqda. Xususan, tadqiqotlarning sinergetik usullarga asoslanishi o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotning jahon adabiyoti bilan qiyosiy o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Har bir adabiy asar tadqiqi, istisnosiz, matnning badiiy, falsafiy, tarixiy va diniy talqinlarini ko’zda tutishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan matnshunoslik fanlararo mutanosiblikni ta’minlovchi ilmiy yo‘nalish sifatida o‘zbek filologiyasi taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rinni egallamoqda. 
       Filologiya fanlari doktori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori sifatida kafedra qoshida tashkil etilgan Ilmiy markazga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning rahbarligida olib borilayotgan tadqiqotlar o‘zbek mumtoz adabiyotining matniy tadqiqi, shuningdek, o‘zbek adabiyotining fors va ingliz adabiyotlari bilan qiyosiy tahlili, tarjima matnlaridagi adekvatlik va ekvivalentlik muammolariga bag‘ishlangan. Matn har bir asarning asosidir. Matn tadqiqi badiiy asarni mikrodarajada o‘rganish va saviyasini belgilashga xizmat qiladi. Sh.Sirojiddinov shu yo‘nalishda 14 ta monografiya va risola, 6 darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 300 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr etgan. 2023-yilda olimning "Amir Alisher" monografiyasi ozarbayjon va turk tillarida,  nashr etildi. Uning asosiy ilmiy ishlari o‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyotidagi diniy-falsafiy va tasavvufiy qarashlar, shuningdek, tarjima asarlar qiyosini matnshunoslik masalalari doirasida o‘rganishga bag‘ishlangan. 2013-yilda “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tadqiqi” monografiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasining adabiyot bo‘yicha I darajali Davlat mukofotiga, 2021-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvoniga sazovor bo‘lgan.  2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi - akademik etib saylangan. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Tarix, madaniyat, adabiyot va tasviriy san’at nominatsiyasi boʻyicha 2023-yilgi mukofoti sohibi bo‘lgan. Qayd etish joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mukofoti tashkilotga a’zo 10 ta davlat vakillari orasidan 9 nafar olimga nasib etdi. Tashkilotning yillik mukofoti o‘zining ilmiy va ijtimoiy sa’y-harakatlari bilan mintaqa rivojiga alohida hissa qo‘shayotgan olimlar, davlat va jamoat arboblariga topshiriladi.

       Olim rahbarligida bugungi kungacha 6 nafar fan doktori (DSc) va 17 nafar fan nomzodi va filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan. 3 nafar tadqiqotchi doktorlik va 7 nafar tadqiqotchi filologiya bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun yozilayotgan dissertatsiya ishlarini nihoyasiga yetkazmoqdalar.

           Zamondosh olimlar e'tirofi:

Navoiy dahosining zamonamiz kashfiyotchisi

Serqirra tadqiqotchi va ilm-ma'rifat homiysi

Umr mazmuni va hayot ziynati

Xizr nazari tushgan yurt allomalari

Mamlakat ustuni, davlat tayanchi

Asl manbalar haqiqati

Ushbu ilmiy asar va risolalarni yuklab olish mumkin.

               

                

 

Maqolalar

OAVda chiqishlar va uchrashuvlar

Hisobotlar