Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi yutuqlari

Psixologiya fanlari nomzodi I.N.Aslonovga Oliy attestatsiya komissiyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining tavsiyasiga koʻra, “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi” boʻyicha 03 № 009290, 2020-yil 30-yanvardagi 275/1-son bayonnomasi asosida dotsent ilmiy unvoni berildi.

Psixologiya fanlari nomzodi Arapbayeva Damegul Kurbanovnaga Oliy attestatsiya komissiyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining tavsiyasiga koʻra, “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi” boʻyicha 03 № 008953, 2019-yil 30-avgustdagi 268/1-son bayonnomasi asosida dotsent ilmiy unvoni berildi.

2021-yil 09-iyunda № 003592 – raqam bilan Aslonov Ilhom Nizomovichning “Bojxona xodimlari faoliyatida kasbiy muloqot” nomli monografiyasiga mualliflik guvohnomasi berildi.


2021-yil 20-aprelda № 003416 – raqam bilan Arapbayeva Damegul Kurbanovna “Kelinlar oilaga moslashuvining etnopsixologik xususiyatlari (qozoq va oʻzbek oilalari misolida)” nomli qozoq tilida nashr ettirilgan monografiyasiga mualliflik guvohnomasi berildi.


Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2021-yil 8-may kuni “Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi muvaffaqiyatli tashkil etishdi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Alimboyeva Roziya Dovulovna 2021-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Bo‘ronov Anvar Koraboyevich 2020-2021 yillar mobaynida “O‘zbekistonning madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasida tarjimon va muharrir sifatida ishtirok etib qo‘yidagi kitoblarni tarjima qilgan:
1. O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida. (56-bosma taboq)
2. O‘zbekiston madaniy merosi AQSh va Kanada xususiy to‘plamlarida. (56-bosma taboq)
3. O‘zbekiston madaniy merosi Rampur Raza (Hindiston) kutubxonasida. 1-qism. (56-bosma taboq)
4. O‘zbekiston madaniy merosi Rampur Raza(Hindiston) kutubxonasida. 2-qism. (56-bosma taboq)
5. S.M.Prokudin-Gorskiy va uning AQSh kongressi kutubxonasidagi  Turkiston fotosuratlar jamlanmasi. (56-bosma taboq)
6. Edvard Rtveladze. Kushon podsholigi: davlat, xalq, til, yozuv, dinlar. (56-bosma taboq)
7. So‘g‘diyona – ipak yo‘lining yuragi. To‘plam. (56-bosma taboq)
8. O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to‘plamlarida.
9. O‘zbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida
10. O‘zbekiston kulolchilik buyumlari jahon to‘plamlarida
11. “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi to‘plami
12. O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi to‘plami
13. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi
14. O‘zbekiston Rossiya arxivlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda
15. Alisher Navoiyning bezakli qo‘lyozmalari jahon to‘plamlarida
16. O‘zbekiston san’ati durdonalari. Tasviriy san’at
17. O‘zbekiston san’ati durdonalari. Badiiy metal
18. O‘zbekiston san’ati durdonalari. Badiiy to‘qimachilik
19. O‘zbekiston san’ati durdonalari. Kulochilik
20. “Moniyni hijollatda qoldirgan” KAMOLIDDIN BEHZOD
21. Rishton kulolchiligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘iga binoan kafedra o‘qituvchisi M.X.Karimova va boshqalar (M.M.Axmetjanov, A.X.G‘affarov) ning hammuallifligida oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan “Kasb psixologiyasi” nomli darsligi chop etildi.  
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilxom Aslonov va kafedra katta o‘qituvchisi Anvar Bo‘ronov  2021 yil 26  fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi, Janubiy Qozog‘iston Pedagogika universitetida o‘tkazilgan «Navoiy – zamon va xalqlarni birlashtiruvchi buyuk daho» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. Konferensiyada psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilxom Aslonov  “Boburnoma”da Alisher Navoiy haqida» mavzusida Anvar Bo‘ronov “Alisher Navoiyning  “Hayrat ul-abror” dostonida  islom dini arkonlarining ta’rifi va tashbehi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. 

“Markaziy Osiyoda madaniy hayot va ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojlanishining dolzarb muammolari” deya nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya     2020-yilning 31-may kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan yuqori saviyada oʻtkazildi.
2020-yil 25 - 27-noyabr kunlari buyuk shoir Abay Kunanbayev tavalludining 175 yilligi munosabati bilan Turkiyaning Egey universiteti, “Turk dunyosi tadqiqotlari instituti”, Yevrosiyo Milliy Universiteti,  “Abay akademiyasi” va Qozog‘iston milliy pedagogika universitetining Ne'mat Kelimbyetov nomidagi Turkiyshunos tadqiqotlar markazi tomonidan xalqaro onlayn simpozium o‘tkazildi. Mazkur simpoziumda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Arapbayeva Damegul Kurbanovna o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Anvar Bo‘ronov 2019-yil 25-oktabrda Qozog‘iston Respublikasi, Janubiy Qozog‘iston Pedagogika universitetida o‘tkazilgan “Innovatsion ta’lim sharoitida pedagogning kreativligi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etib “Milliy o‘zlikni anglashning tarixiy, etnik  va madaniy omillari” mavzusida ma’ruza qildi. Universitetning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, dars o‘tib berdi.