Forum

 

     Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi millat va ma’naviyat universiteti degan ta’rifga munosib tarzda yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida  faol qatnashishi, ularning intellektual, ma’naviy – axloqiy  salohiyatini ko‘tarish alohida e’tibor qaratmoqda.   Xususan, universitetda mustaqil talabalar uyushmasi tashkil etilib, uning zimmasiga tengqur yoshlarning faolligini, siyosiy ongini oshirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni targ‘ib etish, sog‘lom e’tiqodni shakllantirish va yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan  besh muhim tashabbusni keng targ‘ib etish kabi bir qator vazifalar qo‘yilgan. Universitetda “The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi. Mazkur forum yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni kelajak maqsadlar yo‘lida birlashtirishga yo‘naltirilgan. Kun tartibi ga qo’yilgan masalalar bo’yicha ishtirokchilar band bo’lishdi.

Forum yonalishlari:

Biznes startap

Muxtasarlik

 Axborot texnologiyalari

Moddiy va ma’naviy yuksalish

Bestseller kitob yozish

 Ijtimoiy reklama va professional fotograflik

Blogerlik

Shaxs kamoloti va uni rivojlantirish