Startup

Starup loyihalari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovi har yili o'tkaziladi.

2020-yilda universitet rektorining (01.15.2020 y. №01-43-son) “Startap innovasion loyihasi tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruh tashkil etilib tanlov o‘tkazildi. Bunda O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Shokirjon (Loyiha nomi - “WeBozor”), Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi Isroilova Nilufar (Loyiha nomi - “Daqiqalar ichida o‘zbek tili (Uzbek in minutes)”), O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Urunova Fotima (Loyiha nomi - “Navoiy-abadiy”), Tarjima anazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-bosqich talabasi Iroda Tursunoava (Loyiha nomi - “Abru ART” milliy hunarmandchilik mahsulotlar”), O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Abdusamad Egamberdiyev (Loyiha nomi - “konf.uz” inellektual xizmat ko‘rsatish servisi”), O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Adham Abduxoliqov (Loyiha nomi - “I Max” servis hizmati), O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Asomiddin Keldiyorov (Loyiha nomi - “Burgut” servis hizmati), Tarjima anazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-bosqich talabalari Javohir Ro‘ziboyev, Ozodbek Amrillayev (Loyiha nomi – studentportal.uz e’lonlar sayti)lar ishtirok etdi.

Tanlovda 1-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Shokirjon (3 000 000 (uch million) so‘m), 2-o‘rinni, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi Isroilova Nilufar (2 000 000 (ikki million) so‘m, 3-o‘rinni, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Urunova Fotima (1 000 000 (bir million) so‘m) egalladi. Talablarga loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki summalar mukofot tarzida berildi.

2023-yilda tanlovga jami 18 ta loyiha kelib tushdi. Startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2023-yilning 27-fevral kuni o‘tkazildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning taqdimotlari hamda savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 13 ta loyihani tanlab oldilar.

Bular quyidagilar:

F.I.O.

Loyiha nomi

Kursi

1.

Umrzoqov Abbos Usmonali o‘g‘li

TOShDO‘TAUda audio kutubxona ilovasini yaratish

O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs 403-guruh talabasi

2.

Xudoynazarova Gavharshodbegim Shurhat qizi

“Devoni lug‘otit-turk”dagi matnlardan toponimlarni avtomatik aniqlash

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi

3.

Azimjonov Husniddin Ibrohim o‘g‘li

O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati mobil ilovasi

O‘zbek tili ta’limi fakulteti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 304-A guruh talabasi

4.

Ermatova Durdona Zafarjon qizi

Xorijliklar uchun o‘zbek tili darsligi (A2)

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik                 2-kurs magistranti

5.

Nizomov Furqat Shahriddin o‘g‘li

O‘zbek tili uchun matn klassifikatori

O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi

6.

Ortiqaliyeva Go‘zalxon Mashrabjon qizi

“tilshunoslar.uz” bibliografik platformasini yaratish

O‘zbek filologiya fakulteti  4-kurs 402- guruh talabasi

7.

Qodirov Kamoliddin Qodirjon o‘g‘li

ToshDO‘TAU yosh olimlari telegram bot sahifasini yaratish

Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari  fakulteti 2-kurs 201KL-guruh talabasi

8.

Shakirova Sevara Toxirjon qizi

Filologlar uchun Adobe Photoshop dasturini o‘rganish mobil ilovasi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar  va axborot texnologiyalari fakulteti, Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

9.

Shavkatova Mohinur Shuxrat qizi

Yangi  O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mobil ilovasini yaratish

Ijtimoiy-gumanitar fanlar  va axborot texnologiyalari fakulteti, Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

10.

Tolliboyev Jamshid

Rus tilidan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘zlar muqobilini yaratish

O‘zbek filologiya fakulteti  3-kurs 302-N guruh talabasi

 

11.

Abdurahmonova Zarnigor Giyosboy qizi

“Simple” o‘zbekcha-fransuzcha darslik mobil ilovasini yaratish

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs 201-guruh talabasi

12.

Xasanov Abdixalil Rashid o‘g‘li

O‘zbek tilining faol omonimlar lug‘ati mobil ilovasini yaratish

O‘zbek tili ta’limi fakulteti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi                1-kurs 102-guruh talabasi

13.

Nizomova Fotima

O‘zbek tilidagi gap bo‘laklari tartibini avtomatik aniqlash dastur yaratish

Ijtimoiy-gumanitar fanlar  va axborot texnologiyalari fakulteti

1-kurs talabasi