Ilmiy tadqiqot markazlari
№ | Ilmiy-tadqiqot markazi nomi | Ilmiy tadqiqot markazi direktori |
1. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi |
PhD, Xoliqov Bahodir Aliqulovich |
2. |
Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d., dots. Normurodova Nozliya Zarilovna |
3. |
Amaliy filologiya kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d., prof. Mengliyev Baxtiyor Rajabovich |
4. |
Adabiyot o‘qitish metodikasi kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.n., dots. Abdullayeva Marg‘uba Do‘stmiratovna |
5. |
O‘zbek tili kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d., prof. Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna |
6. |
Axborot-texnologiyalari kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | PhD, Elov Botir Boltayevich |
7. |
Til nazariyasi kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d., prof. Xolmonova Zulxumor Turdiyevna |
8. |
Adabiyot nazariyasi kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d., prof. Karimov Bahodir Nurmetovich |
9. |
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.n., dots. Tog‘ayev To‘lqin Mamanazarovich |
10. |
O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d., prof. Jabborov Nurboy Abdulhakimovich |
11. |
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi | F.f.d. Zohidov Rashid Fozilovich |
Markazlarning asosiy maqsadi ilmiy-innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, turli xildagi xizmatlar va maslahatlar koʻrsatish, respublika OTM va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun seminar-treninglar tashkil etish va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.
Markazlarning asosiy vazifasi kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga va ilmiy-innovatsion faoliyatni jadallashtirishga, ilmiy loyihalar va хoʻjalik shartnomalari orqali respublikadagi iqtisodiy soha tarmoqlarining rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish va ular bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlashdan iborat.
Markazlar xoʻjalik hisobini mustaqil yuritib, kafedra pedagog-xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirishga xizmat qilishi belgilangan. Korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan xoʻjalik shartnomalari orqali ilmiy tadqiqot markazining hisobiga tushirilgan mablag‘larni kafedra oʻzi tasarruf etish imkoniyatiga ega boʻlishi, bu esa kafedraning moddiy-texnik bazasini yaxshilashda, oʻqituvchi-xodimlarni rag‘batlantirishda zarur qo‘shimcha manba hisoblanadi.
Shuningdek, tarmoq tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar orqali talabalar amaliyotini tashkil etish, ularning mutaxassis sifatida shakllanishi hamda amaliyot oʻtagan tashkilotning potensial xodimiga aylanish imkonini berishi mumkinligiga alohida urg‘u beriladi.
Markazlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tematik grantlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari orqali ham moliyalashtirilishi mumkin.