Kompyuter lingvistikasi ilmiy-tadqiqot markazi
Ilmiy-tadqiqot markazi direktori
1.Kompyuter lingvistikasi sohasiga oid eng so‘nggi tadqiqotlarni o‘rganish;
2.O‘zbek kompyuter lingvistikasida mavjud muammolarni tahlil qilish, amaliy natijalarni ishlab chiqib, tatbiq etish.
Ilmiy tadqiqot markaziga 12 nafar professor-o‘qituvchi a’zo. Ilmiy salohiyat 80 foizni tashkil etib, ulardan 2 nafar fan doktori, 5 nafar filologiya va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 5 nafar o‘qituvchi. 2022-2023-o‘quv yilida ilmiy tadqiqot markazining 3 nafar a’zosi: Abjalova Manzura Abdurashetovna filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini, Atamuratov Rasuljon Kadirjanovich pedagogika fanlari bo‘yicha va Po‘latova Sarvinoz Botir qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Markazda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida 1 ta monografiya, 15 dan ziyod maqola Scopus va WoSda indekslangan jurnal va konferensiyalarda maqolalar nashr qilingan. Ilmiy tadqiqot markazida Elov Botir Boltayevich va Hamroyeva Shahlo Mirdjanovnalar rahbarligida bir necha nafar PhD doktorantlari dissertatsiya himoyasiga tayyor. Bundan tashqari 2022-2023-o‘quv yilida 9 nafar magistrlik ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
3 yilga mo‘ljallangan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” innovatsion loyihasi ilmiy-tadqiqot markazida bajarilmoqda.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida bajarilishi rejalashtirilgan 1 yilga mo‘ljallangan № IL-662204388 raqamli “O‘zbek-ingliz tili parallel korpusini yaratish” amaliy loyihasi va № IL-7823051577 raqamli “O‘zbek tilining sintaktik analizator dasturiy vositasini yaratish” innovatsion loyihasini ilmiy-tadqiqot markazida bajarish rejalashtirilgan.
Xo‘jalik shartnomasi mavjud emas.
Ilmiy-tadqiqot markazida har yili “Kompyuter lingvistikasi: muammo, yechim va istiqbollari” mavzusida xalqaro anjumani o‘tkaziladi.
1. Atamuratov Rasuljon Kadirjonovich. “Virtual-ta’limiy muzey yaratish texnologiyasi (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi; 2022-yil;
2. Po‘latova Sarvinoz Botir qizi. “Media diskurslarda “g‘urur” konseptini ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik tadqiqi (o‘zbek-ingliz-turk tillari misolida) mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi; 2023-yil;
3. Abjalova Manzura Abdurashetovna. “O‘zbek tili ontologiyasini yaratish tamoyillari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi; 2022-yil.
№ | Xalqaro hamkorlik | Respublikadagi tashkilotlar bilan hamkorligi |
1 | Tatariston, Tatariston Fanlar akademiyasi Semiotika instituti | Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti |
2 | Turkiya, Istanbul texnika universiteti |
|
3 | Turkiya, Karabuk universiteti |
|
4 | Rossiya, Sankt-Peterburg davlat universiteti matematik lingvistika kafedrasi |
|
Markaz rahbari Botir Elov, a’zolar - Shahlo Hamroyeva, Rasul Atamuratov, Oqila Abdullayevalar rahbarligida talabalar startap loyihalariga tayyorlandi.
Markaz qoshida N.Xudayberganov, Z.Husainova va Q.Rizvanovlar rahbarligida “Yosh dasturchi”, U.Yodgorov, F.Erkinovlar rahbarligida “Kompyuter savodxonligi”, G.Majidova rahbarligida “Kompyuter grafikasi va dizayn”, M.Primova rahbarligida “Katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili” to‘garaklari tashkil etilgan.
Ilmiy-tadqiqot markazida 6 ta kompyuter, 1 ta noutbuk, 1 ta elektron doska, 1 ta server mavjud.