Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi
Ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
- 1. Sharq va G‘arb adabiyotini Qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida tadqiq qilish.
- 2. Jahon adabiy-estetik tarixini ilmiy o‘rganish, universal adabiyotshunoslikka doir tarixiy-nazariy qarashlarni ommalashtirish.
- 3. Sharq adabiyotini Jahon adabiyotshunosligining so‘ngi yutuqlari asosida ilmiy o‘rganish.
Ilmiy tadqiqot markaziga 8 nafar professor-o’qituvchilar a’zo. Shulardan 3 nafari filologiya fanlari doktori, 3 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2 nafari o’qituvchi. 2022-2023 o’quv yilida ilmiy tadqiqot markazining 2 nafar a’zosi Asadov Mahmadiyor Turayevich va Ziyayeva Yulduz Temirxonovna filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda ilmiy tadqiqot markazining ilmiy salohiyati 75% ni tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot markazida Jo’raqulov Uzoq Haydarovich va Yoqubov Islomjon Axmedjanovichlarning ilmiy maktablari yaratilgan. 2021-2023 o’quv yillari davomida Uzoq Jo’raqulov rahbarligida 5 nafar PhD dissertatsiyasi muvafaqqiyatli himoya qilindi. Shuningdek, 15 nafar magistrlik dissertatsiyasi va 10 nafar Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilindi. 2021-2023 o’quv yillari davomida Islom Yoqubov rahbarligida 4 nafar PhD, 20 nafar magisrtlik ishi va 6 nafar Bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Bajarilishi ikki yilga mo‘ljallangan amaliy loyihalar tanlovi mavzusi
“Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari” yo‘nalishi bo‘yicha | |||
№ | Amaliy loyiha mavzusi | Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
| Loyihaning yillik moliyalashtirish hajmi |
1 | 2 | 3 | 4 |
| “Adabiyotshunoslik istilohlarining inklyuziv yensikopediyasi”ni tuzish hamda uning mobil ilovasi va audio, brail yozuvdagi yaratish | Tadqiqot shakli: “Adabiyotshunoslik istilohlarining inklyuziv yensiklopediyasi”ni tuzish hamda uning mobil ilovasi va audio, brail yozuvdagi variantini yaratish bo‘yicha amaliy loyiha bajariladi. Ilmiy tadqiqot natijalari: - Adabiyotshunoslik istilohlarining yensiklopediyasi tuziladi hamda nashr etiladi; - adabiyotshunoslik istilohlarining audio va brail yozuvdagi varianti yaratiladi. Natijalarni sinovdan o‘tkazish: Tadqiqot natijasida yaratilgan lug‘atning mobil ilovasi respublikamizdagi filologiyaga ixtisoslashgan barcha oliy hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida sinovdan o‘tkaziladi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning hududlararo ARMlarida sinovdan o‘tkaziladi. Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalariga intellektual mulk ob’ektlari uchun tegishli hujjatlar olinadi. Nufuzli ilmiy jurnallarda va Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etiladi.
|
1 mlrd so‘m |
Jami yillik: |
Amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 1,5 mlrd so‘m va bajarilishi bir yarim yilga mo‘ljallangan
T/r | Markazning xo‘jalik shartnomalari |
1. | Servis universal Gold Job XK |
2. | Nest One Pro XK |
3. | Pro Max Trady XK |
4. | Pro Max Service Universal MCHJ |
5. | Absattarov R.A YTT |
6. | Work Service Special MCHJ |
7. | L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy Universiteti |
8. | Karabuk Universiteti/Turkiya |
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik” kafedrasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining lavozim vazifalari
№ | F.I.O. | Vazifasi | Ish joyi |
Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich | Markaz direktori. Markazga bevosita rahbarlik qiladi; markazning ish tartibini tashkil etadi va xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, markazda sog‘lom muhit va mehnat intizomini ta’minlaydi.
| Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor | |
Meliyev Suvonqul | Ilmiy-tadqiqot markaziga biriktirilgan iqtidorli talabalar bilan ishlash, “Yosh munaqqid”ni tarbiyalash. | O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutining yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori
| |
Yakubov Islom Ahmedjonovich | Yetakchi olimlarning ilmiy maktablarini markaz faoliyati bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul.
| Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori
| |
4. | Hamrayev Komiljon O‘lmasovich | Ilmiy-tadqiqot markazi qoshida amaliy loyihalar tayyorlashga mas’ul.
| Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi dotsent v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
|
5. | Asadov Mahmadiyor Turayevich | Xo‘jalik shartnomalariga mas’ul. | Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
|
6. | Xayrullayev Azamat Xoliqovich | Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishiga mas’ul.
| Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
|
7. | Ziyayeva Yulduz Temurxonovna | Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot markaziga keng jalb qilishga va markaz rasmiy hujjatlarini yuritishga mas’ul | Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi |
8. | Norqulova Maftuna G‘ayrat qizi | Markaz faoliyati doirasida boshqa tashkiliy ishlarga mas’ul | Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi stajor-o‘qituvchisi
|
Markaz direktori: f.f.d. prof. U.Jo‘raqulov