Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Zohidov Rashid Fozilovich


Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy-amaliy muammolarini ilmiy-fundamental asosda tadqiq etish

Markazning ilmiy salohiyati 80 foizni tashkil etadi. 
Markaz qoshida professor Rashid Zohidovning “Matnshunoslik” hamda Yoqubjon Buxarbayevning “Xattotlik va kitobat san’ati” ilmiy-amaliy to‘garagi tashkil etilgan.

1. Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozma nusxalari faksimil nashrlarini tayyorlash va tabdil qilish.
2. XVI-XIX asr adabiy manbalarini ilmiy tasniflash va ularning elektron bazasini yaratish.
3. “O‘zbek matnshunosligi” o‘quv-ilmiy labaratoriyasining manbaviy asosini ishlab chiqish. 
4. Afg‘onistondagi navoiyshunoslik muammolarini o‘rganish. 

 

 

Har yili “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida respublika (xalqaro) anjumani tashkil etiladi. Shuningdek, Haydar Xorazmiy, Alisher Navoiy, Bobur, Bedil va boshqa  mumtoz adabiyot vakillari ijodi bo‘yicha hamkorlikda ilmiy seminarlar, anjumanlar, muloqotlar o‘tkazilmoqda.

2021-yilda: Mahmudov Umidullo (Temuriylar davri munshaotnavislikda matn tuzish an’anasi, PhD);
2022-yilda: Turdiyev Jahongir (Turkiy tildagi me’rojnomalarning qiyosiy-matniy tadqiqi, PhD), Saidjanova Zebo (So‘fi she’riyati qo‘lyozma manbalari va matniy tadqiqi, PhD);
2023-yilda: Atayev Azamat (VIII-XIII astlar Xorazm adabiy muhiti manbashunosligi, PhD), Izzatillayev Parviz (Eron navoiyshunosligi: tadqiq, talqin va tarjima, PhD), Alimov Ozod (“Hamsat ul-mutahayyirin” asari qiyosiy-matniy tadqiqi, PhD).

Xalqaro hamkorlik: Ozarbayjon Respublikasi Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti. Turkiyaning G‘ozi va Anqara universitetlari.
Respublika bilan hamkorlik: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom insituti, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, Sharqshunoslik ilmiy qo‘lyozmalar instituti.