Mumtoz matn: tadqiqot, tarjima va taxrir ilmiy-tadqiqot markazi

Ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Jabborov Nurboy Abdulhakimovich


Mumtoz matn: tadqiqot, tarjima va tahrir ilmiy markazi

Markazning ilmiy salohiyati va ilmiy maktabi: Ilmiy tadqiqot markaziga 14 nafar professor-o‘qituvchilar a’zo. Shulardan 5 nafari filologiya fanlari doktori, 9 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 2021-2023 o‘quv yilida ilmiy tadqiqot markazining 9 nafar a’zosi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bular: 
2021-yilda: Yulduz Muhammadiyеva (Fеruzning badiiy mahorati. (PhD), Sohiba Umarova (Suyima G‘aniyеva ilmiy-adabiy mеrosi: tadqiqot usullari va mеzonlari. (PhD), Sohiba Madirimova (Mutrib Xonaxarob va uning adabiy mеrosi. (PhD); 
2022-yilda: Gulrux Xudoyorova (Abdulla Oripov shе’riyatida lirik kеchinma va poetik tasvir uyg‘unligi. (PhD), Yulduz Abdulhakimova (Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili (PhD), Hamroyeva Orzigul (Temuriylar davridagi poetikaga doir risolalarda qofiya ilmining qiyosiy tahlili), Ilyos Ismoilov (Alishеr Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni gеnеzisi va poetikasi. (DSc);
2023-yilda: Fayzulla Iskandarov (Alishеr Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasi. (PhD), Furqat Tuxtamuratov (Muhsiniy adabiy merosi: manbalari, matn tarixi va tahriri. (PhD), Shahnoza Rahmonova (O‘zbek epik poeziyasi takomilida aruz tizimining o‘rni. (DSc).

Bugungi kunda ilmiy tadqiqot markazining ilmiy salohiyati 100 % ni tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot markazida Jabborov Nurboy Abdulhakimovich va Yusupova Dilnavoz Rahmonovnalarning ilmiy maktablari yaratilgan. 2021-2023 o‘quv yillari davomida Jabborov Nurboy rahbarligida 25 nafar PhD, 6 nafar DSc  dissertatsiyasi muvafaqqiyatli himoya qilindi. Shuningdek, 55 nafar magistrlik dissertatsiyasi va 100 nafar Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilindi. 2021-2023 o‘quv yillari davomida Yusupova Dilnavoz rahbarligida 2 nafar PhD, 2 nafar DSc, 55 nafar magisrtlik ishi va 100 dan ortiq Bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi. 

 

 

 

 

1. 2022-yil 13-mart O‘zbek filolgiyasi fakulteti “O‘zbek adabiyoti tarixi” kafedrasi tomonidan 2023-yil 13-mart kuni “Turkiston jadidchilik harakati va jadid adabiyotining ijtimoiy, siyosiy, adabiy-ma’rifiy asoslari” mavzusida nazariy-metodologik seminar tashkil etildi. Seminarga xalqaro miqyosdagi olim, filologiya fanlari doktori, Michigan davlat universiteti professori Temur Xo‘ja o‘g‘li taklif etildi. Asli buxorolik bo‘lgan, Turkiyada voyaga yetgan Temur Xo‘ja o‘g‘li milliy uyg‘onish davri adabiyoti, ijtimoiy-siyosiy muhit bo‘yicha yangi ma’lumotlarni yig‘ilganlarga ulashdi. Jadidlarning ta’lim, ilm-fan targ‘ibotidagi harakatlari, davlatchilikning nazariy huquqiy asoslarini Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon, Fayzulla Xo‘jayev hayoti va ijodiy merosi misolida so‘zlab berdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning Turkiya arxivlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalaridagi milliy davlatchilikka xos matnlarni sharhlab berdi. O‘z navbatida jadidlarning xalq erki, mustaqillik, ma’naviyat, ma’rifat masalalari bo‘yicha ko‘rsatgan jonbozliklarini yangi dalillar asosida ochib berdi. Turkiya va Amerika oliygohlaridagi faoliyati davomidagi ilmiy izlanishlari, o‘zbek adabiyotini dunyoga targ‘ib etishdagi sa’y-harakatlari haqida boy va qiziqarli ma’lumotlarni so‘zladi. Turkiston tarixining bir qismi bo‘lgan, millat fidoyilari Usmonxo‘jayevlarning taqdir yo‘li ortidan boshqa tuproqlarda voyaga yetish nasib qilgan olimning Vatan sog‘inchi, muhabbatga yo‘g‘rilgan suhbatlari davradagilarda katta taassurot qoldirdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Umuman, mazkur tarixiy uchrashuv, nazariy seminarda bildirilgan fikrlar, ma’lumotlar yoshlarga katta ma’rifat ulashdi;


2. 2022-yil 31-may kuni O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi tashabbusi bilan ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti Turon-Eron ilmiy tadqiqot markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Islom Jemeney ma'ruza qildi. Ma'ruza “Boburnoma”ning qozoq tiliga tarjimasi va lug‘at yaratish mezonlariga bag‘ishlandi. O'zbekiston dunyo boburshunosligining markaziga aylandi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bu e'tirof bugun Islom Jemeney tomonidan alohida qayd etildi. Suhbat davomida Islom Jemeneyning “Tarix-i Rashidi” tarjima asari haqida ham iliq fikrlar bildirildi.


3. 2023-yil 6-oktyabrda Turkiyada o‘zbek adiblari, tasavvuf adabiyoti tadqiqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yassaviyshunos olim, Anqara shahri Bashkent universiteti professori, filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Abdurrahmon Go‘zal bilan “Turkiylarning mushtarak madaniy merosi” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. O‘zbek adabiyoti tarixining o‘rganilishida turkiyalik olimlarning ham ulkan ulushi, salmoqli hissasi bor. Turkiyada o‘zbek adiblari, tasavvuf adabiyoti tadqiqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yassaviyshunos olim, Bashkent universiteti professori, filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Abdurrahmon Go‘zal universitet mehmoni bo‘ldi. 2023-yil 5-oktyabr kuni O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi tomonidan “Ahmad Yassaviy ijodi va turkiy mutasavvuflar ijodidagi mushtarak jihatlar” mavzusida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi. Seminarda olim Ahmad Yassaviyning “Faqrnoma” asari va turk adibi Yunus Emro ijodidagi yaqinlik, g‘oyaviy mushtaraklik borasida ma’lumot berdi. Turk olimlari Fuod Ko‘prulizoda, Kamol Eraslon tomonidan tassavuf adabiyotining o‘rganilishi yoritildi. Olim o‘zi nashrga tayyorlagan Yassaviy “Faqrnoma”, Sulaymon Baqirg‘oniy asarlari nashri, Bashkent universitetida Alisher Navoiyga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya to‘plami, “Diniy-tasavvufiy turk adabiyoti”, Qayg‘usiz Abdolning “Guliston” asari nashrlari bilan tanishtirdi. O‘zbek va turk olimlari bilan hamkorlik aloqalari, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Umuman, seminar qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘ldi, fikr-mulohazalar almashindi;


4. 2022-yildan buyon “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodiy merosi” bo‘yicha hamkorlikda ilmiy seminarlar o‘tkazilmoqda. 
5. Markaz qoshida “Fuzuliy dilbandlari” va “Gulshan” to‘garaklari ham faoliyat yuritadi. 


Markaz qoshida o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyalar:

1. 2022-yil 5-6-fevral kunlari “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida Xalqaro anjuman tashkil etildi. 


2. 2023-yil 25-26-sentyabr kunlari “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi madaniyati rivojida tutgan o‘rni” nomli Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

  

1.

Yulduz Muhammadiyеva (Fеruzning badiiy mahorati.

2.

Sohiba Umarova (Suyima G‘aniyеva ilmiy-adabiy mеrosi: tadqiqot usullari va mеzonlari.

3.

Sohiba Madirimova (Mutrib Xonaxarob va uning adabiy mеrosi.

4.

Gulrux Xudoyorova (Abdulla Oripov shе’riyatida lirik kеchinma va poetik tasvir uyg‘unligi.

5.

Yulduz Abdulhakimova (Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili 

6.

Hamroyeva Orzigul (Temuriylar davridagi poetikaga doir risolalarda qofiya ilmining qiyosiy tahlili)

7.

Ilyos Ismoilov (Alishеr Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni gеnеzisi va poetikasi. 

8.

Fayzulla Iskandarov (Alishеr Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasi.

9.

Furqat Tuxtamuratov (Muhsiniy adabiy merosi: manbalari, matn tarixi va tahriri.

10.

Shahnoza Rahmonova (O‘zbek epik poeziyasi takomilida aruz tizimining o‘rni.