Nazariy va amaliy tilshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Xolmanova Zulxumor Turdiyevna


- o‘zbek tilining milliy va xususiy korpuslarini yaratishning lingvistik bazasini tayyorlash.
- o‘zbek tili matnlarining lingvistik ekspertizasini amalga oshirish uchun zarur milliy lingvistik texnologiyalarni yaratish.
- o‘zbek tilshunosligi nazariy yo‘nalishlari yutuqlarini milliy lug‘atchilik va terminologiya muammolari yechimiga yo‘naltirish.
- o‘zbek tilining o‘zlashtirilishi hamda o‘zbek tilidagi nutqiy faoliyatning o‘ziga xosligini aniqlash.
- o‘zbek (o‘zbek va ona) tilining milliy ta’limi konsepsiyasini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqish.  
- o‘zbek tili adabiy nutqi meyorlari va uni til egalarida takomillashtirishning amaliy masalalarini tadqiq qilish.
- zamonaviy adabiy matnlar tilini tanqidiy baholash va muammolar yechimiga doir tavsiyalar taqdim etish. 

Markazning ilmiy salohiyati 100% bo‘lib, mazkur markaz a’zolari markazning ilmiy mavzusi doirasida dissertatsiya himoya qilishgan va ilmiy darajaga ega. 

Markaz doirasida 1 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda markaz xodimlari  loyihalar bo‘yicha qator ishlarni olib bormoqda. 2023/24-o‘quv yili davomida  loyiha to’liq shakllantiriladi. 

Markaz O‘zR Ichki ishlar vazirligi Kriminalistika boshqarmasi, X.Sulaymonova nomidagi sud-tibbiyot ekspertiza markazi, Davlat tilini rivojlantirish jamg‘armasi, nashriyotlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Hamkorlik doirasida 2 ta PhD dissertatsiyasi.

1.

Agrogeodeziya markazi shartnoma

2.

Tarjima shartnoma

2022-yil 26-oktabrda “O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
2023-yil 5-mayda “O‘zbek tili milliy va ta’limiy korpusining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. 

I.Islomov tomonidan “O‘zbek tilining geografik terminologiyasi: tizimi, genezisi, semantik strukturasi va leksikografik talqini”. 
M.Turdibekov tomonidan “Shimoliy Tojikiston toponimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi” mavzusida DSc dissertatsiyalari himoya qilindi. 
Shuningdek, Musulmonova K. O‘zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, bosqichlari va metodlari. 
To'rayeva D. O'zbek tilida shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi. 
Murtazaev A. Ilmiy matndagi sodda darak gaplarning mazmuniy o‘xshashligi va lingvistik modellari. 
Saidova F. “Hozirgi o'zbek lug'atchilik amaliyotida leksik sinonimlar talqini”. 
Zaripov R. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda til siyosati: bilingvizm va pluralingvizm mavzularida PhD dissertatsiyalari himoya qilindi.

Markaz O‘zR Ichki ishlar vazirligi Kriminalistika boshqarmasi, X.Sulaymonova nomidagi sud-tibbiyot ekspertiza markazi, Davlat tilini rivojlantirish jamg‘armasi, nashriyotlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

1. Yaratilayotgan “O‘zbek tilining Milliy korpusi”ning yuridik subyekti bo‘ladigan ushbu muassasa doimiy ravishda ushbu va boshqa korpus va elektron platformalarning muttasil takomillashtirib borilishini tashkil etish va nazorat qilish;
2. Mamlakatimizdagi tildan amaliy foydalanish muammolarini o‘rganish – aniqlash, tahlil qilish, muhokamaga qo‘yish va yechimlarini tavsiya etish;
3. Mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularga amaliy samaradorlik talablarini ishlab chiqish va monitoringini tashkil etish;

1. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati:
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar;
mahalliy va xalqaro tashkilotlar grantlari mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, xalqaro tashkilotlarning homiylik mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi.
2. Markaz turli davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat tizimlari va korxonalar, shu jumladan, chet el firmalari bilan o‘z faoliyati doirasida xo‘jalik shartnomalari tuzishi mumkin.