Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi

img

Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi Universitet kengashining 2023-yil 29-avgustdagi qarori asosida Amaliy filologiya kafedrasi negizida tashkil etilgan.  Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga til tarixi, tilshunoslik nazariyasi, o‘zbek terminologiyasi, psixolingvistika, pragmalingvistika, korpus lingvistikasi, lingvistik ekspertologiya boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi.


Kafedra ilmiy salohiyati – 67%
Kafedra mudiri – filologiya fanlari nomzodi, dotsent Azimova Iroda Alisherovna
Kafedra ustuvor yo‘nalishlari:

  • • Nazariy tilshunoslik masalalarini tadqiq qilish;
  • • Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari yuzasidan tadqiqotlar olib boorish;
  • • Kompyuter va korpus tilshunosligi - o‘zbek tilini sun’iy intellekt uchun modellashtirish va o‘zbek tilining milliy va xususiy korpuslarini yaratishning lingvistik bazasini tayyorlash;
  • • Lingvistik ekspertologiya - o‘zbek tili matnlarining lingvistik ekspertizasini amalga oshirish uchun zarur milliy lingvistik texnologiyalarni yaratish;
  • • Zamonaviy leksikografiya va milliy terminologiya - o‘zbek tilshunosligi nazariy yo‘nalishlari yutuqlarini milliy lug‘atchilik va terminologiya muammolari yechimiga yo‘naltirish;
  • • Psixolingvistika - o‘zbek tilining o‘zlashtirilishi hamda o‘zbek tilidagi nutqiy faoliyatning o‘ziga xosligini aniqlash;
  • • Ortologiya - o‘zbek tili adabiy nutqi me’yorlari va uni til egalarida takomillashtirishning amaliy masalalarini tadqiq qilish;

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun: 
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
60230700 – Amaliy filologiya
60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili)
60230900 – Folklorshunoslik va shevashunoslik

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Amaliy psixolingvistika (3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Amaliy o‘zbek tili (1-3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Amaliy o‘zbek tili (1-3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Axborotshunoslik (3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi (2-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Lingvistik ekspertiza nazariyasi (3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Lingvokriminalistika va ekspertiza (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Lingvokriminalistika va ekspertiza (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Lingvokulturologiya asoslari (2-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Matn tahriri (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Matn tahriri (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Matnning psixolingvistik tahlili (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Neyming nazariyasi va amaliyoti (2-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
O‘zbek tilining amaliy stilistikasi (2-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Pragmalingvistika (3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Tilshunoslikning mantiqiy asoslari (2-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Tilshunoslik asoslari (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Tilshunoslik asoslari (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Xatshunoslik ekspertizasi amaliyoti (3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Lingvokriminalistika asoslari (2-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Davlat tilida ish yuritish (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Davlat tilida ish yuritish (1-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Davlat tilida ish yuritish va monitoring (3-kurs, 60230700 – Amaliy filologiya)
Davlat tilida ish yuritish (2-kurs, 60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili)