Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Jumanazar O‘rozov 2023-yil 30-sentyabrda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) diplomini oldi.
Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi dotsenti Abjalova Manzura Abdurashetovna Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida o‘tkazilgan amaliy loyihalar tanlovida “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi loyihasi bilan g‘olib boʻlganligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlandi.
Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2024-yil 5-aprel kuni “Jahon harb ishi va harb san’ati rivojida ajdodlar o‘rni: adabiy va tarixiy manbalar misolida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy yig‘ini o‘tkazildi.
2024-yilning 28-mart kuni Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
2024-yil 18-mart kuni Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari H.Dadaboyev va M.Abjalovalar tomonidan hammualliflikda nashr etilgan “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” taqdimoti o‘tkazildi.
2024- yilning 1-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent Iroda Azimova Toshkent shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan Kitobxonlik tanlovida hakam sifatida ishtirok etdi.
Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Elyor Xonnazarov 2024-yil 29-fevralda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) diplomini oldi.
Har oyning birinchi dushanba kunida kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida nazariy-metodologik seminar tashkil qilinadi.