Ilmiy laboratoriyalar

 

 

“O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi

Laboratoriyada yoshlarga zamon talablariga mos ravishda o‘qitishning eng qulay va zamonaviy metodlari to‘g‘risidagi bilimlarini, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisining kasbiy faoliyatiga doir dastlabki ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, sohaga oid nazariy bilimlarni takomillashtirishga oid ishlar amalga oshiriladi.

“Xattotlik va matnshunoslik” laboratoriyasi

Laboratoriyada talabalarga arab adabiy xat turlarini o‘rgatish, turkiy, arab va fors tilidagi qo'lyozmalarni o‘qish, ularni joriy imloga tabdil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda arab xat turlari bo‘yicha kalligrafiyadan mashg‘ulotlar olib boriladi.