UNIVERSITETNING OCHIQ TA’LIM LOYIHALARI: BILIM BARCHA UCHUN


 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mamlakat va xalqaro miqyosda ta’lim, til, madaniyat sohalarida ochiqlik va hamkorlik tamoyillarini ilgari suradi. Universitet o‘zining ilmiy salohiyati va pedagogik tajribasini keng jamoatchilik bilan bo‘lishish orqali ijtimoiy ta’sirni kuchaytirishga intiladi.  Ochiq darslar, onlayn platformalar, ijtimoiy tashabbuslar va hamkorlik dasturlari orqali universitet turli auditoriyalar bilan bilim almashish, o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan ilg‘or yondashuvlarni joriy etadi.

Mahalliy tashabbuslar va ijtimoiy hamkorlik

Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati sifatida Yangihayot tumanidagi 5 ta aholi punktida istiqomat qiluvchi qariyb 30 000 nafar fuqaro bilan bevosita ishlaydi. U hududdagi ta’lim, ijtimoiy infratuzilma va bandlik masalalarini chuqur o‘rganib, aholining turmush sifati va yoshlarning ta’limga kirish imkoniyatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.  Deputatlik faoliyati doirasida 20 dan ortiq ta’lim loyihalari va 10 dan ziyod ijtimoiy tashabbuslar amalga oshirilib, imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulay sharoit yaratish, maktablar va o‘quv markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda.

 

https://youtu.be/cZPnvwZ94so?si=DqgN5ybw_jwUpq3x
https://youtu.be/TnQTZIUgsXI?si=MYmXlYMDu6HAQA4R

 

Public talk dasturi:  ochiq muloqot, yangi g‘oyalar, barqaror kelajak

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Public Talk” dasturi yoshlar, ekspertlar va jamoatchilik o‘rtasida ochiq muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus orqali universitet ta’lim, madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish yo‘nalishida faol fikr almashuv maydonini yaratdi. 
“Public Talk” uchrashuvlari Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bilan bog‘liq mavzularni yoritadi. Suv resurslarining ahamiyati, sifatli ta’lim, gender tengligi, iqtisodiy imkoniyatlar kabi dolzarb masalalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar yoshlarning global tafakkurini kengaytirmoqda.

 

Bugunga qadar o‘nlab sessiyalar o‘tkazilib, yuzlab talabalar, olimlar, jurnalistlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan. “Public Talk” universitetni ochiq, faol va mas’uliyatli akademik hamjamiyat sifatida namoyon etmoqda.

TSUULL Public talk loyihalari
Navbatdagi Public talk ka yozilish

Umumta’lim maktablari bilan hamkorlik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti umumta’lim tizimi bilan uzviy hamkorlikni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Universitet Yakkasaroy tumanidagi 319- va 144-sonli, hamda Yunusobod tumanidagi 220- va 117-sonli umumta’lim maktablariga o‘quv-uslubiy va metodik yordam ko‘rsatadi. Bu maktablarda jami 4 800 nafar o‘quvchi tahsil oladi, 250 dan ortiq o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, Olmazor tumanidagi 46-sonli maktab universitetning institutsional hamkor maktabi sifatida belgilangan bo‘lib, bu yerda 1000 dan ziyod o‘quvchi ta’lim oladi.

Universitet mutaxassislari tomonidan 30 dan ortiq ochiq dars va treninglar, 10 ga yaqin metodik seminar o‘tkazilgan. Hamkorlik doirasida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va maktab muhitiga zamonaviy ta’lim yondashuvlarini tatbiq etish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, universitetda muntazam maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni, karyera kuni kabi tadbirlar tashkil etiladi.

https://youtu.be/SJfh6Vyx_dw?si=XxuVJjJgnO8747hj