Yangiliklar

img
Sat, 04/12/2025 - 11:39

Shuhrat Sirojiddinov aholi muammolarini joyida o‘rgandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati, akademik Shuhrat Sirojiddinov Toshkent shahar Yangihayot tumani “Oriyat” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla ahli bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, mahalladagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlarga taʼlim-tarbiya berish va mahalla hayotini yanada faollashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Akademik Shuhrat Sirojiddinov fuqarolarning taklif va murojaatlarini diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini taʼkidladi.
Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalarini eshitish va muammolarga joyida yechim topish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Shuhrat Sirojiddinov mahalla faollari bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini bildirar ekan, kelgusida bunday uchrashuvlar muntazam davom ettirilishini qayd etdi.