Yangiliklar

img
Thu, 09/25/2025 - 20:32

Aholi bilan bevosita muloqot – amaliy yechim sari qadam

2025-yil 25-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati, akademik Shuhrat Sirojiddinov tomonidan Yangihayot tumanidagi “Tashabbus” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad mahalliy aholi bilan bevosita suhbatlashish, ularning turmush tarzini o‘rganish, ehtiyoj va muammolarini tinglash hamda mavjud muammolarga joyida yechim topishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida mahalla aholisi tomonidan infratuzilma, yoshlar tarbiyasi, ta’lim sifati va mahalla hayotining faolligiga doir masalalar ochiq muhokama qilindi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Z. Sayidxo‘jayeva ham o‘z fikrlarini bildirib, aholining dolzarb masalalari yuzasidan taklif va mulohazalarini yetkazdi. Akademik Shuhrat Sirojiddinov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish uchun amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, tashrif davomida ehtiyojmand oilalarning ahvoli ham alohida e’tiborga olindi va zaruriy ko‘mak ko‘rsatildi. Uchrashuvda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, mahalla institutini mustahkamlash, aholining farovonligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish borasidagi ishlar haqida ham keng ma’lumot berildi.

 

Uchrashuv yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy-maʼnaviy hayotni yanada jonlantirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilishi bildirildi.