Maktab jamoasi har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda
Maktab jamoasi har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda
2024-yil 28-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 46-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S. Eshbo‘riyev boshchiligida amalga oshirildi. Unda professor Ziyoda Teshaboyeva, katta o‘qituvchi Nilufar Karimova, dotsent Nargiza Yusupova va p.f.f.d. (PhD) Sanobar Kuldasheva ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida maktab o‘qituvchilari bilan iliq va samimiy muloqotlar tashkil etilib, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil qilish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish va ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash borasida fikr almashildi.
Mazkur tashrif universitet va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.