Ingliz tili kafedrasi yutuqlari

   Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ham xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 6-iyul kuni universitetning axborot-resurs markazi qoshida “Xorijiy o‘quv adabiyotlar bo‘limi” tashkil etildi. Mazkur kutubxona AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, kutubxonada ikki mingdan ziyod xorijiy o‘quv adabiyotlari mavjud. Bular, asosan, dunyoning mashhur nashriyotlari tomonidan so‘nggi yillarda chop etilgan noyob kitoblar sanaladi.

   Ingliz tili kafedrasining  katta o'qituvchisi Gulnora Niyazova AQShning FEP (Sohani rivojlantirish) dasturining 2021-yil kuzgi mavsumi g’olibi bo‘ldi. 

   Gulnora Niyazova, ilgari AQSH davlat ACTR/ACCELS tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan va boshqarilgan TEA ( Ingliz tili va amerikashunoslik fanlarini o’qitishda a’lochilik) va PIE (Ta’limda hamkorlik) dasturlari g’olibi va ishtirokchisi, universitetimizda 3 yildan ortiq davr mobaynida faoliyat yuritib,  asosan, tilni orgatish amaliyoti va  o'qitish metodikasi  darslaridan ta’lim berib kelmoqda.       

   2020-2021-o’quv yili davomida kafedramizda AQSH elchixonasi tomonidan Fulbright dasturi orqali universitetimizga tashrif buyurgan Carolyn Mitchell faoliyat yuritdi. Kafedra o’qituvchilari bilan hamkorlikda guruhlarda muntazam ravishda ingliz tilida dars mashg’ulotlarini olib borib, talabalarga ingliz tilida og’zaki nutqni rivojlantiruvchi bilim va ko’nikmalarini bilan bo’lishdi. Bundan tashqari, haftaning har chorshanba kuni universitetda “Speking club” to’garagi tashkil etildi, unda universitet talabalari turli mavzularda ingliz tilida erkin muloqot qilishni va og’zaki nutqni rivojlantirish sir-asrorlarini o’rganishadi.      

   2021-yil 5-may kuni kafedra tomonidan “Xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb masalalari: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani tashkil etildi. Ushbu anjumanda nafaqat universitet professor-o'qituvchilari,  respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o'qituvchilari, balki Irlandiya, Mongoliya, Angliya, Rossiya mamlakatlaridan xorijlik mutaxassislar ham o’z maqolalari bilan ishtirok etishdi.        

   Ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi Mirzayeva Qoldig'iz “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.