
Ingliz tili kafedrasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetning yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan amaliy ingliz tili, integrallashgan ingliz tili, ingliz tili kabi fanlarni o‘qitishdan maqsad: ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mazkur fanlar borasida umumiy amaliy tushunchalar berish, ingliz tilini o‘rganishga qobiliyati bor yoshlarda dastlabki fundamental tushunchalarni hosil qilish va rivojlantirish hisoblanadi. Chet til sohasida to‘plangan amaliy bilimlarni kundalik hayot davomida qo‘llay bilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish kafedra professor-o‘qituvchilarining muhim vazifasidir. Kafedra qoshida professor-o‘qituvchilar tomonidan “English Video Club”, “Fun English” va “English For Beginners" to‘garaklari tashkil etilgan va bugungi kunda faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarda amaliy ingliz tili haqida qo‘shimcha ma’lumotlar talabalarga o‘rgatib kelinmoqda.
Kafedra mudiri: Abdiyev Akmal Urakbayevich
Kafedra tarkibi: kafedrada 14 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
Kafedradaning ustuvor yo‘nalishlari
- Xorijda nashr qilingan saralangan adabiyotlar asosida zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv adabiyotlarini yaratish;
- Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish va ularni zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida talabalarga yetkazish;
- Kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida xorijda nashr qilingan adabiyotlarning doimiy monitoringini olib borish;
- Ta’limning yangi innovatsion texnologiyalarini joriy etishga, talabalar va o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqot o‘tkazishga jalb etish.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar
Ingliz tili (1-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Xorijiy til (ingliz tili) (1-kurs, 60230800 – Kompyuter lingvistikasi)
Xorijiy til (ingliz tili) (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Xorijiy til (ingliz tili) (1-kurs 70230103 – Folklorshunoslik va dialektologiya)
Amaliy Xorijiy til (ingliz tili) (2-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti o'qitish)
Integrallashgan ingliz tili (1-kurs 60111600– Amaliy filologiya)
Integrallashgan ingliz tili (3-kurs, 5112400 – O‘zbek filologiyasi)
Amaliy xorijiy til (3-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti o'qitish)