img
Sat, 12/07/2024 - 16:28

Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi

Bugun ToshDO‘TAUda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. So‘ngra universitet rektori so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati, uning yuksak insonparvarlik tamoyillari asosida yaratilganligi hamda xalqimizning huquqiy ongini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning mamlakat rivojidagi tarixiy roli, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda tutgan o‘rni haqida maxsus ma’ruzalar tinglandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

  

Tadbir yakunida Konstitutsiyamizni ulug‘lash, uning asosida mustahkam huquqiy tizim yaratishda har bir fuqaroning mas‘uliyatini yodda saqlash lozimligi ta‘kidlandi. Ishtirokchilar bunday tadbirlarning huquqiy madaniyatni oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

  

ToshDO‘TAU jamoasi ushbu muhim sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbir orqali Konstitutsiyaning jamiyatimizda tutgan muhim o‘rnini yana bir bor anglab yetish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

img
Fri, 12/06/2024 - 17:00

"To'maris izdoshlari" bellashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 6-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan M. Djumabayeva hamda katta leytenant M. Ismoilova ishtirok etdilar.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosiga hurmat bilan yondashishni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ishtirokchilarning aql-zakovati va iqtidorlarini namoyon etishiga ko‘maklashish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdir. Tadbir doirasida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular manfaatlariga oid ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarni tizimli ravishda hal etish va munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov davomida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning sohaga oid bilim darajasi, tezkorlik, zukkolik va chaqqonlik kabi qobiliyatlarini adolatli baholadi. Tadbir yakunida g‘oliblar diplomlar bilan taqdirlanib, rahbariyat tomonidan ularga munosib ehtirom ko‘rsatildi.

img
Thu, 12/05/2024 - 15:55

O'zbek olimlari elchi huzurida

2024-yil 4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari va ilmiy mutaxassislari Mo‘g‘ilistonning O‘zbekistondagi elchixonasida muhim ilmiy muloqot o‘tkazdilar. Tadbirda universitet professori, filologiya fanlari doktori Hamidulla Dadaboyev, dotsent v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Anvar Bo‘ronov ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilib, ikki mamlakat aloqalarining tarixi va bugungi holatiga bag‘ishlandi. Professor Hamidulla Dadaboyev turkiy tillar, xususan, o‘zbek tiliga o‘zlashgan mo‘g‘ulcha so‘zlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etib, ushbu sohada olib borilgan izlanishlarning ahamiyatini yoritib berdi.
Anvar Bo‘ronov Mo‘g‘iliston va O‘zbekiston olimlarining 2023-yil Ulan-Batorda o‘tkazilgan “Mo‘g‘iliston va Xorazm davlatlari hamkorligi tarixi” konferensiyasi hamda 2024-yil Urganchda tashkil etilgan “Tarix va filologiya yo‘nalishida o‘zbek-mo‘g‘ul ilmiy hamkorliklari” konferensiyalaridagi muhim natijalar haqida ma’lumot berdi. U bu tadbirlarning ikki mamlakat ilmiy aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Mo‘g‘ilistonning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar mehmonlarning taqdimotlarini yuqori baholab, o‘zbek va mo‘g‘ul tillari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish borasida yangi tashabbuslar ilgari surdi. Jumladan, o‘zbekcha-mo‘g‘ilcha so‘zlashgich va lugat yaratishtilshunoslik bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.Farruh Jabborov Mo‘g‘iliston haqida o‘zbekistonliklar uchun maxsus videofilm yaratish taklifiga o‘zining fikr va tavsiyalarini berdi.
Uchrashuv yakunida birinchi navbatda o‘zbekcha-mo‘g‘ilcha so‘zlashgich tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi va ushbu loyiha uchun Anvar Bo‘ronov mas’ul etib tayinlandi. Mazkur loyiha doirasida mo‘g‘ilistonlik tilshunoslarni jalb etish masalalari ham kelishib olindi.
Tadbir samimiy va samarali muhitda o‘tib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning yangi istiqbollari belgilab olindi.

img
Thu, 12/05/2024 - 15:33

Yosh avlod tarbiyasiga barcha mas'ul

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Olmazor tumanidagi taʼlim sifati va bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirish boʻyicha  past ko'rsatkich qayd etgan  46-maktabni oʻz otaligʻiga oldi va maktabda taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqdi.
Universitetga biriktirilgan maktabning holati, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi hamda boshqa ta’lim va tarbiya ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan sinov testlar qabul qilindi. To‘plangan ma’lumot va ko‘rsatkichlar asosida, maktab rahbarlarining talab va tavsiyalari inobatga olinib, har bir maktab uchun “Universitet-maktab” hamkorlik dasturi yo'lga qo'yiladi. Universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori G.Jo'rayeva boshchiligida mas'ullar bilan birgalikda maktabda bo'lib, o'qituvchilar jamoasi bilan uchrashdi.
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi, deyilishi bejiz emas.
Davlatimiz rahbarining aytganidek, endi maktab ishi faqat mas'ul vazirlik yoki o‘qituvchilarning emas, har bir O‘zbekiston odamining dardu tashvishiga, quvonchu qayg‘usiga – umummillat yumushiga aylanmog‘i zarur.  Biriktirilgan maktablarda o‘qitish sifatini yanada oshirish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash haqida maktab rahbarlarining fikr va mulohazalari tinlandi. Mazkur maktablarga mos fakultet va kafedralar biriktirilib, universitetda fanlar kesimida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va ularga metodik yordam ko‘rsatish orqali malakasini oshirish, universitet professor-o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari “Ustoz-shogird” tizimini joriy etish hamda yuqori natijaga erishgan maktab o‘qituvchilarini “Universitetning faxriy o‘qituvchisi” maqomiga ko‘tarish va moddiy rag‘batlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur maktabda universitet olimlari ishtirokida "Kafedralar soati" tashkil etish masalasi ham  muhokama qilindi.
Bundan tashqari universitet pedagogi Z.Jumanova tomonidan maktab pedagoglariga maxsus mahorat darsi o'tildi.

img
Thu, 12/05/2024 - 14:46

Huquqiy bilimlar va ijodiy ifoda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy va madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati talabalarga yetkazilib, huquqiy ongni yuksaltirish va asosiy qonunning jamiyat hayotidagi o‘rnini keng targ‘ib qilish maqsad qilingan.
Tadbir davomida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirildi. Jumladan, “Konstitutsiyam - qomusim, faxrim!” heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda ijodiy fotolar va videoroliklar joylashtirilib, yoshlarning Konstitutsiya haqidagi tushunchalari va bilimlarini keng ommaga namoyish etish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida shahar va tumanlardagi davlat organlariga sayohatlar tashkil etilib, talabalar davlat boshqaruvi tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Universitetda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy o‘zgarishlari va ularning ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazilib, talabalar huquqshunos mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida esa “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazilib, talabalar orasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash va rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi viktorina tashkil etildi. Eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiya kunining ahamiyatini chuqurroq anglash hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

img
Thu, 12/05/2024 - 14:43

Shogirdlar ardog'idagi olim

2024-yil 4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida atoqli adabiyotshunos olim, Alisher Navoiy ijodining mohir tadqiqotchisi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sovrindori Yoqubjon Is’hoqov bilan ilmiy-ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublikaning taniqli mutaxassislari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori professor N.Mahmudov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori B.To‘xliyev, Qarshi davlat universiteti professori N.Shodmonov, shuningdek, universitet olimlari Nusratulla Jumaxo‘ja, Nurboy Jabborov, Karomat Mullaxo‘jayeva, Olim To‘laboyev va talabalar ishtirok etdi.
Muloqotda so‘zga chiqqanlar zahmatkash navoiyshunos olim Yoqubjon Is’hoqovning ibratli hayot yo‘li, fan rivoji uchun qilgan xizmatlari va ilmiy yutuqlari haqida batafsil to‘xtaldilar. Xususan, olimning shogirdlar tarbiyalashdagi o‘rni, mumtoz poetika sirlarini tadqiq etishdagi izlanishlari, tarjimonlik va manbashunoslik sohalaridagi muhim ishlari bugungi yosh tadqiqotchilarga o‘rnak ekanligi ta’kidlandi. Yoqubjon Is’hoqovning “Alisher Navoiyning ilk lirikasi”, “Navoiy poetikasi”, “Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti” kabi tadqiqotlari katta ehtirom bilan tilga olinib, ularning bugungi kun uchun dolzarbligi keng muhokama qilindi.

Tadbir davomida Yoqubjon Is’hoqov so‘zga chiqib, ilmning mohiyati, olimlikning mas’uliyati va sharafi, shuningdek, Alisher Navoiy ijodining olamshumul ahamiyati haqida so‘z yuritdi. U yosh tadqiqotchilarga qimmatli maslahatlar berib, ilmiy halollik va izlanishlarida qat’iyatli bo‘lishga undadi.
Mazkur ilmiy-ijodiy uchrashuv ko‘tarinki va fayzli ruhda o‘tib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

img
Thu, 12/05/2024 - 10:29

Rector of TSUULL Presents 2024 Report on Donation Program

Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature (TSUULL) has presented its annual report on the activities of the University’s Donation Program, which is aimed at supporting socially vulnerable students and local communities within the framework of SDG 1 – No Poverty. The detailed 2024 report was delivered by the Rector, Professor Shukhrat Sirojiddinov, highlighting the program’s key achievements, challenges, and future directions.

The Donation Program was established in accordance with Government Resolution No. 213, initiated by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev. It is designed to foster a culture of solidarity and social responsibility within the academic environment, ensuring that assistance reaches those who need it most.

Presenting the results of 2024, the Rector emphasized that the University community remains deeply committed to charitable initiatives. Throughout the year, TSUULL staff and volunteers organized a number of charity events, including traditional Uzbek plov distributions for students and residents of the Yakkasaray district. These events not only provided direct assistance but also strengthened the culture of volunteerism and compassion across campus.

 

A special donation bank account established at TSUULL played a central role in mobilizing financial contributions from staff, alumni, partners, and socially responsible organizations. According to the Rector’s report, a significant portion of donations also came in the form of food products, hygiene items, clothing, and other basic necessities. Contributions were received from all regions of Uzbekistan, demonstrating broad national support for the University’s social mission.

 

Key Areas of Charitable Support in 2024
The 2024 report highlighted that the accumulated funds and donated goods were used for activities aimed at:

  •  Supporting low-income students and vulnerable households in the Yakkasaray district, helping them reduce daily expenses by providing food packages and essential consumer goods.
  • •  Assisting victims of natural or industrial disasters, ensuring timely delivery of emergency supplies.
  • •  Promoting public health and healthy lifestyles, including providing nutritious food and hygiene products to students and community members.
  • •  Encouraging active volunteerism, with more than 300 students involved in distribution campaigns, logistics, and community outreach throughout the year.

    img
    Wed, 12/04/2024 - 15:47

    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga binoan nishonlanadigan Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari o‘tkazildi. 
    Mazkur tadbirlar doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jamiyatda adolatli va teng huquqli muhitni targ‘ib qilishga qaratilgan qator ma’rifiy va amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.
    Tadbirlar davomida 2014-yilda BMT Bosh kotibi tomonidan e’lon qilingan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” tashabbusi haqida keng ma’lumot berildi. Shu tashabbusning muhim maqsadlari, jumladan, zo‘ravonlikka barham berish uchun global hamkorlik va harakatlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Ishtirokchilar orasida zo‘ravonlikka qarshi kurashning ahamiyati haqida fikr almashildi va yosh avlodda mas’uliyatni oshirishga xizmat qiluvchi turli ijodiy ishlar – insholar, videoroliklar va sahna ko‘rinishlari taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

     

    Ushbu tadbirlar jamiyatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirish va bunday muammolarga qarshi jamoaviy kurashni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

     

    img
    Wed, 12/04/2024 - 15:27

    Anjumanga marhamat!

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk shoir Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan 2024-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrida “Erkin Vohidov ijodiy merosi va turkiy adabiyot masalalari” mavzusida uluslararo konferans o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 
    Axborot xati bilan tanishing: Yuklab olish

     

     

     

     

     

     

     

     

    img
    Tue, 12/03/2024 - 17:03

    Baxtimiz qomusi

    Joriy yilning 3-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – farovon hayot” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir universitet tyutori Z. Saidolimova tomonidan biriktirilgan guruhlar ishtirokida o‘tkazildi.  
    Tadbir davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, uning xalq farovonligi va milliy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Davlatimizning mustaqillik yillaridagi rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar taqdim etildi.  
    Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu ko‘rinishlar asosiy qonunimizning inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatning farovonligini oshirish va kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratishdagi muhim ahamiyatini aks ettirdi. 

     

    Mazkur tadbir Konstitutsiyaning asosiy qoidalarini yoshlar ongida yanada mustahkamlash, ularning davlatimiz ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar yurtimizning yorqin kelajagini shakllantirishda yosh avlodning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir.

     

    Pages