Yangiliklar

img
Tue, 11/26/2024 - 18:50

XXRning O'zbekistondagi elchisi universitetimizga tashrif buyurdi

So'nggi yillarda O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi ijtimoiy-madaniy hamkorlik yangi bosqichga ko'tarildi. Bu hamkorlik aloqalari ta'lim sohasida, xususan, oliy ta'lim tizimida ham bo'y ko'rsatmoqda. Joriy yilning 22-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi bo'lib o'tdi. Tez orada ayni forumning ikkinchi bosqichi O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
2024-yilning 26-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga XXRning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun tashrif buyurdi. Mehmonni ToshDO'TAU rektori, akademik Sh.Sirojiddinov va xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor  bo'yicha prorektor N.Normurodova qarshi oldi. Muzokaralar davomida janob elchi ToshDO'TAUda ko'p sonli xitoylik talaba va tadqiqotchilar tahsil olayotganini va mazkur universitet Xitoy OTMlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini alohida qayd etdi. Xususan, Shanxay universitetiga ToshDO'TAU tomonidan bir necha yildan buyon o'zbek tili o'qituvchisi yuborilayotganini ta'kidlash o'rinlidir. Hozirgi kunda universitetimiz o'qituvchisi, PhD Muazzam Dadaxonova Shanxay universitetida o'zbek tilidan talabalarga saboq bermoqda. Shuningdek, Xitoydagi ilmiy muassasalarda saqlanayotgan Markaziy Osiyo va turkiy xalqlar tarixiga doir yozma manbalarni ilmiy tadqiq qilish uchun sharoitlar yaratish ko'zda tutilmoqda.
Bundan tashqari 2021-yilda ToshDO'TAUda xitoy tili va madaniyati markazi ochilgan bo'lib, suhbat davomida elchi mazkur markaz faoliyatini yangidan takomillashtirish haqida gapirdi. Mazkur markazni elchixona tomonidan metodik adabiyotlar va tajribali o'qituvchilar bilan ta'minlashda amaliy yordam ko'rsatilishi belgilandi.
Bundan tashqari Xitoy universitetlari bilan hamkorlik nafaqat ta’lim sohasida, balki ilmiy tadqiqotlar, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, madaniy aloqalarni mustahkamlashda ham katta ahamiyat kasb etishi aytildi. ikki mamlakatning ta’lim sohasidagi aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bu esa yosh avlodni global miqyosdagi muammolarni hal qilishga tayyorlash va ikki tomonlama manfaatli aloqalarni kengaytirishga zamin yaratadi.