Gulnoza Axmatovna Jo‘rayeva
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
Gulnoza Axmatovna Jo‘rayeva — filologiya fanlari doktori (2022), professor (2025), o‘zbek adabiyotshunosligi sohasida salmoqli ilmiy maktab yaratgan, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha faol tashkilotchi, yetuk olima.
U 1999–2013-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritib, ARM rahbari, kafedra dotsenti, fakultet dekan muovini lavozimlarida ishlagan. 2016-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib bormoqda. 2023-yildan esa ushbu universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.
G.Jo‘rayeva 2010-yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida “O‘zbek bolalar she’riyatida hajviy obrazlar yaratish mahorati (80–90-yillar misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy izlanishlari o‘zbek bolalar adabiyoti, zamonaviy adabiy jarayon, hajv san’ati va adabiyot ta’limi metodikasiga bag‘ishlangan.
Uning muallifligida 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, shuningdek, “Bolalar adabiyoti” mobil ilovasi yaratilgan. Shuningdek, 60 dan ortiq ilmiy va o‘quv-metodik ishlari, jumladan, xorijda chop etilgan maqolalari mavjud.
Professor Jo‘rayeva rahbarligida 25 nafar doktorant va tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Uning bir necha shogirdlari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilgan.
Olima tashabbusi bilan universitetda va respublika miqyosida bir qator xalqaro ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xususan:
“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ta’limda gender tenglikni ta’minlash” (2023),
“Alisher Navoiy va XXI asr”, “Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti”,
“To‘maris izdoshlari”, “Universitet malikasi”, “Milliy qadriyatlar sayli” kabi tadbirlar tashkil etilgan.
G.Jo‘rayeva OAVda ham faol: “Yangi O‘zbekiston”, “Jadid” gazetalarida maqolalari e’lon qilingan, tele va radio dasturlarida milliy qadriyatlar, ona tili, yoshlar ma’naviyati mavzularida chiqishlar qilgan.
U “Ilm yulduzlari” yosh olimalar tanlovining Toshkent shahar bosqichida “Eng faol milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi, shuningdek, “Islohotlar bilimdoni” respublika bosqichida “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” sifatida e’tirof etilgan.
Professor Gulnoza Jo‘rayeva yoshlar bilan ishlashda samimiyligi, mas’uliyati va talabchanligi bilan ajralib turadi. U universitetning ma’naviy-ma’rifiy hayotida, yoshlar tarbiyasida, milliy g‘oya va ma’naviyatni targ‘ib etishda faol ishtirok etib kelayotgan, o‘z kasbiga sadoqatli, Vatanga mehrli, yuksak ma’naviyatli yetuk adabiyotshunos olima sifatida tanilgan.