O‘ZBEK TILI TA’LIMI FAKULTETI

Fakultet  2022- yil 21- iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarori,  O‘zbekiston Respublikasi Yazirlar Mahkamasining 2020-yil 3- martdagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi 117- son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 170-sonli  buyrug‘i hamda universitet Ilmiy Kengashining 2022-yil 25-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda 2022-yilning  30-sentabridagi Universitet rektorining 01-203-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.  Fakultetga o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili,  amaliy filologiya,  kabi ta’lim yo‘nalishlari birlashtirilgan. Fakultetda jami  6 nafar professor, 17 nafar fan nomzodi hamda  10 nafar PhD  faoliyat koʻrsatadi. 

Fakultetda 2 ta kafedra faoliyat yuritadi: 

Amaliy filologiya 

O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'limi

     Fakultet  tashkil topganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, bir qancha xorijiy davlatlar bilan hamkorlik oʻrnatgan. Xususan, Qozon Federal universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Ozarbayjon davlat tillar universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Anqara universiteti, Belorus davlat universiteti, Gumilev nomidagi Yevroosiyo universitetlari bilan samarali hamkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    S.Muhamedova,  G.Asilova,  M.Saparniyozova kabi olimlar dunyoning turli xalqaro ilmiy markazlari, rivojlangan davlatlarda oʻz maqola, ilmiy izlanishlari, monografiya va o‘quv qo‘llanmalarini nashr qildirishgan. Professor-o‘qituvchilar dunyo reytingida 1000talikka kirgan  OTMlarda ma'ruzalar o'qib kelishmoqda.  Shuningdek,  xorijlik olimlar ham  fakultetda talabalarga ta’lim berishadi.  Fakultet dekani: Filologiya fanlari doktori, professor Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna. 

2021/2022-o‘quv yilida 5112400 – O‘zga tilli guruhlarda o'zbek tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan (Hozirgi o‘zbek adabiy tili, O‘zbek adabiyoti, O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodikasi)  yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘tkaziladi. Quyidagi havolada dasturni yuklab olishingiz mumkin:

5112400 – O‘zga tilli guruhlarda o'zbek tili