img

Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna

Amaliy filologiya fakulteti dekani


   Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna - Amaliy filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor. "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil" ko‘krak nishoni sohibasi. 2017- yildan buyon ToshDO'TAUda  har yili o‘tkazib kelinadigan  “Alisher Navoiy  va XXI asr”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiya   tashkiliy  qo‘mitasi a’zosi. O‘zR Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Inspeksiyasida Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limini olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha ekspert komissiyasi raisi. Chet elda  uch marotaba : 2018- yil Ispaniya (Karuna)da, 2019 -yil Nijniy Novgorod shahrida va  2020- yil Moskvada malaka oshirgan. 21 ta kitob hamda 2 ta elektron darslik muallifi.

 

  S.Muhamedova Xalqaro universitetlar bilan mustahkam ilmiy aloqalar o'rnatgan, jumladan, Ozarbayjon Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining “UIDUZ” oylik ilmiy ommabop jurnali tahririyat kengashi a’zosi (www.ayb.azwww.azyb.az) Ozarbayjon Respublikasi Bilim Markazi markazining “ELMI IS” jurnali taharriyat kengashi a’zosi (www.aem.az) hamda Ozarbayjon Respublikasining xalqaro “Vektor” akademiyasi akademigi  sifatida faoliyat olib bormoqda.

     S.Muhamedova  Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda bajarilishi 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” nomli amaliy loyiha rahbari bo'lgan.


    Buxoro davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.FIL.72.09 raqamli Ilmiy kengash a’zosi,  ushbu  kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi DSc. 29.11.2018. Fil. 46.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi.