img
Tue, 01/30/2024 - 21:24

Yosh olimlarning ilmiy mulohazalari tinglandi

2024-yil 30-yanvarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminarning navbatdagisi bo'lib o'tdi. Bu galgi seminarda f.f.d., professor Muhayyo Hakimova "O'zbek tilidagi kognitiv metaforalarda milliy tafakkurning aks etishi", f.f.doktori Shermuhammad Amonov "Tabibiyning "Tuhfatu-s-sulton" devoni genealogiyasi", f.f.doktori Ilyos Ismoilov "Alisher Navoiy hikoyatlari genezisini o'rganish masalalari" mavzularida ma'ruza qildilar. Ushbu ma'ruzalarda o'zbek tilidagi kognitiv metaforalar umumiy va individual kognitiv metaforalar; Tabibiyning devonlari, xususan, "Tuhfatu-s-sulton" devoni genealogiyasi, mavzu ko'lami, janrlari, muallifning davrdosh ijodkorlardan farqi; Alisher Navoiy hikoyatlari genezisini o'rganish masalalari, shuningdek, Iskandar obrazi va unga yondashuv tamoyillari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Mavzu yuzasidan ma'ruzachilarga f.f.d., professor Baxtiyor Abdushukurov, f.f.d., professor Uzoq Jo'raqulov, f.f.d., professor Iroda Azimovalar savollar berishdi va o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari,  tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar qatnashdi. Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan seminar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

  

img

Xolmanova Zulxumor Turdiyevna

Daraja
Filologiya fanlar doktori (DSc), professor
Fakultet
Kafedra

MA`LUMOT

Millati
O‘zbek
Tug'ilgan sanasi
01.01.1969
img
Tue, 01/30/2024 - 15:05

Akademik Shuhrat Sirojiddinov samarqandlik ziyolilar bilan uchrashdi

Prezidentimiz har bir murojaatida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning oldingi safida ziyolilar bo'lishi, aynan ularga suyanishini qayd etadi. Shu ma'noda, taniqli ziyolilar yurtimizning barcha hududlarida yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, o'z fikrlari va tahlillari bilan o'rtoqlashmoqdalar. Ana shunday uchrashuvlardan biri Samarqand viloyati  Pedagogika markazida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik, Shuhrat Sirojiddinov ma'ruza qildi. Pedagogika markazi direktori, professor A.Ibragimov Shuhrat Sirojiddinovning ilmiy faoliyatini e'tirof etib, 2023-yil 23-dekabrda  Sh.Sirojiddinovni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlangani va akademik unvoni berilganligi bilan samimiy qutladi.
Uchrashuvda Shuhrat Sirojiddinov yoshlar tarbiyasi, muallimlarning mas'uliyati, islohotlar, vatanparvarlik, ijtimoiy davlat tushunchasi, siyosiy yetuklik va sog'lom diniy eʼtiqod haqida oʻz mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Davra suhbatida viloyat hokimligi mas'ullari va markaz professor-o'qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi.

  

img

Boboqulova Iroda Sulaymonovna

Daraja
O'qituvchi
Fakultet
Kafedra

MA'LUMOT

Tug'ilgan sanasi
21.09.1994
Millati
O'zbek

TA'LIM

Bakalavr
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
2013-2017
Magistratura
O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
2019-2021

MEHNAT FAOLIYATI

Toshkent shahar Chilonzor tumani 183-maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi
2017-2023
Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajyor-o’qituvchisi
2023–yildan

HOZIRGI ISH JOYI:

Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
img
Mon, 01/29/2024 - 18:20

"O'rxun" dasturi g'oliblari bilan suhbat

Universitetimiz talabalari Sevinch Qayumova hamda Munisa Rafiqjonova "Orxun" dasturi g'olibi bo'lib, bir semestr davomida  Turkiyaning nufuzli Ege universitetida tahsil olishdi.  "Orxun" almashinuv dasturi – bu turkiy davlatlar universitetlari o’rtasida akademik almashinuv dasturidir. Dastur doirasida o’qish uchun bir nechta qadamlar bor. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'rtgan Munisa Ege universitetining Turk tili va adabiyoti bo'limiga, Sevinch esa Tarjima bo'limiga o'qishga yuborildi. Ularga O’rta Turkcha (“Qutadg’u Bilig”, “Devoni lug’atit-turk” asarlarining tillari), Eski Turkcha, Dunyoda Turkologiya masalalari, Turk dunyosida adabiy aloqalar, Folklor, Eski yozuv haqida darslar o'tildi. 
"Bu yerda o’tgan ijtimoiy, darsdan tashqaridagi hayotimning o’zi bir boshqa olam bo’ldi. Nafaqat turk dunyosi: Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, balki butun dunyodan do’stlar orttirdik," deydi, Munisa Rafiqjonova. 
Tahsil olish davomida talabalarimiz xalqaro “Turk dunyosi modernlashuvi: roman va hikoya sempoziumi”da ham ishtirok etishdi. Sempozium Ismoil Gaspirali xotirasiga bag’ishlab o’tkazildi va XX asr boshlarida adabiyotdagi o’zgarishlar, jadid adabiyotini qamrab oldi. Talabalarimiz bu yirik nufuzli tadbirda ko'ngilli sifatida ishtirok etib, o'z mahoratlarini ko'rsatgach, erkin tarjimon sifatida ham bir muddat faoliyat olib borishdi.

  

"Ege universiteti rektori va prorektori ishtirokida bizga o’qiganimiz haqida ma’lumotnomalar topshirishdi, taassurotlar, fikrlarimizni so’rashdi. Esdaliklar berib xayrlashuv marosimi tashkillashdi. Rektor Nejdaet Budak rektorimizga va butun universitetimiz jamoasiga ko’p salom aytdilar. Selami Fedakar ustozimizning ham rektorimizga va ustozlarimizga ko’p salomlari bor. Bo’limdagi ustozlar va magistratura talabalari aka-opalarimiz hamma-hammaga salom yetkazishimizni so’rashdi", deya suhbatini yakunladi Munisa Rafiqjonova. 
Endi Sevinch va Munisa xorijda o'rganganlarini universitetimiz talabalari bilan baham ko'radilar, ijobiy tajribalarni o'zlashtiramiz. Barcha talabalarimizni mana shunday dasturlarda ishtirok etishga chaqiramiz. Zotan, xorijda bilim olish, tajriba orttirish hamisha manfaatli bo'lgan.

img

Xakimova Muhayyo Karimovna

Daraja
Filologiya fanlari doktori (DSc)
Fakultet
Kafedra

MA`LUMOT

Millati
O'zbek
Tug'ilgan sanasi
21.04.1976

Leksikada abstrkatlashish prinsiplari

Abstraction and its expression in the lexical tier of the uzbek language

O'zbek tilida abstrakt sifatlar

Mavhumlashish nom ko'chish usuli sifatida

Anthropocentric analysis of abstract words in uzbek language

''Dard'' leksemasida lug'aviy ma'noning mavhumlik darajalari

Possibilities of Formation Lexical - Semantic Correlations of Abstract Words

''Belgi'' ma'noli abstrakt nomlar

“Семантические особенности абстрактных имён в узбекском языке”

O'zbek tilida abstrakt otlar

Abstrakt nomlar antonimiyasi

Lug'at tarkibniabstrakt nomlar bilan uzluksiz boyish sabablari

Абстрактные наименование со значением “состояние” в узбекском языке

Symbol and its expression through abstract lexical (based on Uzbek language materials)

QO‘QON SHEVASIDA POLISEMIYA HODISASI

O‘zbek tilida “holat” ma’noli abstrakt nomlar

Formation And Reproduction Of Abstract Vocabulary In Language

THE HUMAN FACTOR IN THE FORMATION OF ABSTRACT VOCABULARY

ABSTRACTION OF THE SIGN IN THE UZBEK LANGUAGE

O'ZBEK TILIDA “VAQT” KONSEPTI VA UNING MAQOLLAR ORQALI VOQELANISHI

O‘zbek tilida evfemizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari Linguocultural features of euphemisms in Uzbek language

ABSTRAKSIYA BILISH SHAKLI SIFATIDA

Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

O‘zbek tilida sinonimiya munosabatining zamonaviy talqinlari

A CHARACTER IN A LITERARY TEXT IS A LINGUISTIC ENTITY

ЎЗБЕК ТИЛИДА АБСТРАКТ СЎЗЛАР СИНОНИМИЯСИ

Abstrakt so‘zlarda denotativ va signifikativ ma’no munosabati

O‘ZBEK TILIDA SINONIMIYA MUNOSABATINI VUJUDGA KELTIRUVCHI OMILLAR

O‘ZBEK TILI LEKSIK SATHIDA ABSTRAKSIYANING VOQELANISHI

img

Xidraliyeva Zoxira Riskulovna

Daraja
Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Fakultet
Kafedra
Uz
img

Abdazova Gulsanam Inomjon qizi

Daraja
O'qituvchi
Fakultet
Kafedra

MA'LUMOT

Tug'ilgan sanasi
29.03.1994
Millati
O‘zbek

TA'LIM

Bakalavr
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Sharq tillari fakulteti Yapon-Ingliz tili yo‘nalishi
2012-2016
Magistr
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Badiiy tarjima (ingliz tili)
2021-2023

MEHNAT FAOLIYATI

Tijorat va Tadbirkorlik kasb-hunar kolleji Ingliz tili fani o‘qituvchisi
2016-2019
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda
2023-yildan

HOZIRGI ISH JOYI:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda

img

Kasimova Zilola Olimjon qizi

Daraja
O’qituvchi
Fakultet
Kafedra

MA'LUMOT

Tug'ilgan sanasi
25.07.1994
Millati
O'zbek

TA'LIM

Bakalavr
O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti
2013-2017 yy.
Magistratura
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
2023-2025 yy.

MEHNAT FAOLIYATI

University Business and Science Toshkent filialida stajor o‘qituvchi
2024-2025 yy.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida stajor o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda
2025-yildan

HOZIRGI ISH JOYI:

Alisher Navoiynomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Pages