Xorijiy tillar kafedrasi yutuqlari

Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti  va Toshkent Fransuz Alyansi o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun memorandum imzoladilar. Shu munosabat bilan o'qituvchilar va talabalar Frankofoniya kunini tashkil qilishdi.

 

Joriy yilning 25-yanvarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati  markazida isteʼdodli tarjimon, yozuvchi, pedagogika fanlari nomzodi Nikolay Dmitriyevich Ilin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

O'zbek tili ta'limi fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan mashhur filolog olim, professor Otaqo'zi Azizov xotirasiga bag'ishlangan  navbatdagi xalqaro ilmiy- metodik seminar bo'lib o'tdi.

 

Joriy yilning 24-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti va Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi muzeyi rahbariyati bilan hamkorlikda “Oʻzbek amaliy sanʼati yoshlar nigohida” mavzusidagi konferensiya tashkil etildi.

 

10–11-may kunlari Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi.

 

Joriy yilning 12-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Qirgiz tili va madaniyati markazida buyuk yozuvchi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda universitetimiz rahbariyati, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. So‘zga filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo‘raqulov chiqib, Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Talabalar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari, she’r va monologlar aytilib, buyuk adib ijodiga oid video-lavhalar va asarlaridan kino parchalar ko‘rsatildi. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Rashidova va kafedra dosenti M. Saydumarov Ozbekiston Davlat Jahon tillari universitetida 18-dekabr "Xalqaro arab tili kuni"ga bagishlangan katta tadbir ishtirochisi boldilar. Tadbirda Arab davlatlari elchixonalaridan elchilar va davlat vakillari tashrif buyurishdi. Xorijiy tillar kafedrasi dosenti M.Saydumarov “Yilning eng yaxshi oqituvchisi” nominasiyasi  sovrindori boldilar.

OLIMAMIZ QOZOGʻISTON UNIVERSITETIDA MAHORAT DARSI OʻTKAZDI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va  adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universitetiga taklif etildi. Olima ushbu universitetda  “Arab tilida modellash usulidan foydalanish” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi. Uchrashuvni universitet prorektori Asqar Turg‘anbayev va Bitiruvchilar jamoasi rahbari Maryam Aslanova ochib berdi. Dars jarayonida Nargiza Rashidova o‘zining arab tilini o‘rganish borasidagi tajribalari bilan almashdi. Arab tilidagi harflar talaffuzi, fe’l o‘zaklari, ulardan hosil qilingan so‘zlar va va ularning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 
Uchrashuv so‘ngida vakilimiz Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-turk universitetining 30-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Inno-WEEK-2023» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 2023- yil 18- oktabr kuni Chikov Maksim Borisovich (Rossiya Federatsiyasi Uzluksiz ta’lim instituti direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika  universiteti dotsenti)  spikerligida “Frazeoekstraktor dasturi”  mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi. Vebinarda ToshDO‘TAU va NDLU professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistrantlari  qatnashdi.
“Frazeoekstraktor” dasturi yordamida soniyalar davomida  bir nechta tillardagi (hozirda rus, ingliz, nemis, fransuz) matnlardan iboralarni ajratib olish mumkin.

VEBINAR MASHGʻULOTLAR DAVOM ETMOQDA
Xorijiy tillar kafedrasi arab tili o‘qituvchisi, dotsent Nargiza Rashidova va Misr Arab Respublikasi Al-Azhar universiteti bitiruvchisi Nura Taxa Abdulaziz Abid tomonidan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fakulteti 2 va 3 - kurs talabalari uchun vebinar dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Arab tili ustozi Nura Taxa talabalarimizga arab tilining xususiyatlari, harflarning to‘g‘ri talaffuz qilinishi, o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam bermoqda. Talabalarimiz til egasi bilan muloqotga alohida qiziqish bildirmoqdalar. O‘ylaymizki, bu darslar talabalarimizga foydali bo‘lib, arab tiliga bo‘lgan qiziqishlari yana-da ortishiga xizmat qiladi.

PEDAGOGLAR UCHUN MAXSUS DARS
Joriy yilning 29-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Yuliya Chicherina tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Yuliya Vladimirovna xorijiy tillarning o‘qitilishidagi asosiy masalalari, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi psixologik yondoshuvlar haqida so‘z yuritdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bu universitet o‘qituvchilari uchun o‘ziga xos tajriba almashinuvi bo‘ldi. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova qiziqarli mahorat darsi uchun xorijlik mutaxassisga universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

MURTAZO SAYDUMAROVGA “DO‘STLIK” ORDENI TOPSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 26-avgustdagi Farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Saydumarov Murtazo G‘oziyevich “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Murtazo Saydumarovga mukofot uzoq muddatli ilmiy safardan qaytgach, 13-dekabr kuni universitet rektori tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Murtazo Saydumarovga oliy darajali “Doʼstlik” ordeni arab davlatlari va mamlakatimiz oʼrtasida koʼp asrlik doʼstlik va adabiy aloqalarni mustahkamlashdagi, jamiyat va xalqlarning birdamligini uygʼunlashtirishdagi, har tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi. Mukofotni qabul qilib olgan olim va tarjimon nutqida o‘zining kamtarona mehnatlarini yuqori baholagani va qadrlagani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor qildi. Kelajakda ham o‘z sohasi bo‘yicha yurtimiz rivoji yo‘lida mehnat qilishga tayyorligini va bundan faxrlanishini qayd etdi.

XALQARO ARAB TILI KUNI NISHONLANDI
Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib, xorijiy tillarni puxta egallagan kadrlarga talab yuqori hisoblanadi. Jahon tillari qatorida arab tili ham o‘z o‘rniga ega. Arab tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy ishchi tillaridan biri sifatida tan olingan. Ahamiyatlisi, tashkilot tomonidan 18-dekabr – “Xalqaro arab tili kuni” sifatida e’tirof etilgan.  Bundan maqsad, go‘zal so‘zlarni o‘z ichiga olgan ushbu benazir lug‘atni butun dunyo aholisiga tanitishdir. Undan tashqari arab tili eng ko‘p tarqalgan tillardan bo‘lib, 422 million shaxs ushbu tilda gaplashadi. 

18-dekabr kuni Xorijiy tillar kafedrasi va universitet talabalari tomonidan Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda arab tili o‘rganuvchilarining qo‘shiqlari, she'rlari va sahna ko‘rinishlaribarchaga birdek manzur bo'ldi! Bayram so‘ngida e'lon qilingan devoriy gazetalar tanlovi  g‘oliblari va ishtirokchilar taqdirlandi!