
2021-yil 6-sentyabrdan boshlab Sharq tillari kafedrasi negizida Xorijiy tillar kafedrasi tashkil etildi. Sharq tillari kafedrasi 2016-yilda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, arab va fors tillarini ikkinchi til sifatida o‘qitishga mo‘ljallangan. Falsafa fanlari doktori Z.Sh. Abdirashidov rahbarligida ish boshlagan kafedrada 2018-yildan 2020-yilga qadar filologiya fanlari doktori, professor S.R.Sotiboldiyeva rahbarlik qilgan. Kafedrada ikkita sharq tili: arab va fors tillari o‘qitilgan bo‘lib, ushbu tillarni o‘qitishga chuqurlashtirilgan to‘garaklar tashkil qilingan. To‘garaklarda talabalarga arab va fors hamda eski o‘zbek yozuvidagi mumtoz adabiy manbalarni asliyatdan o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar hozirda olib borilmoqda.
Bugungi kunda kafedra tomonidan beshta til: arab, fors, rus, nemis va fransuz tillari fan sifatida o‘qitiladi.
Kafedra tarkibi: asosiy shtatda jami 26 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan: 1 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 3 ta falsafa doktori (PhD), 4 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchi.
Kafedra mudiri: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rashidova Nargiza Baxtiyarovna
Kafedra ilmiy salohiyati: 25%
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:
- Xorijda va respublikamizda nashr qilingan yangi adabiyotlar asosida zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv adabiyotlarini yaratish;
- Sharq qo‘lyozmalari instituti va boshqa turdosh OTMlar, maktab va litseylar bilan fan-ta’lim integratsiyasini yo‘lga qo‘yish;
- Tillarni interfaol o‘qitish vositalarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha taniqli professor-o‘qituvchilar va tajribali chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish;
- Kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, falsafa va fan doktorlari himoyalariga tayyorlash;
- Professor-o‘qituvchilarning SCOPUS va SCIENCE DIRECT tizimidagi ilmiy jurnallarda hamda nufuzli xorijiy nashrlarda maqolalarining nashrini yo‘lga qo‘yish.
TAJRIBA - YUKSALISH VA SAMARA GAROVI
Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Jumanova Zulxumar Ortiqovna Moskva davlat politexnika universitetida amaliyot o‘tamoqda, uning maqsadi chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ish tajribasini almashish, amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sinovdan o‘tkazishdir.
18-dekabr “Xalqaro arab tili” kuni
“Tadbirdan oldin va tadbir davomida arablarning urf-odatini ko‘rsatib beradigan sahnalar, xattotlik ko‘rgazmalari namoyish etildi. Talabalar tomonidan arab tilida vatan va ustoz haqida she’r, qasida, ona haqida monologlar hamda qo‘shiqlar ijro etildi.”
2021 yil 16-dekar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti “Xorijiy tillar kafedrasi” o‘qituvchisi M.Nurullayev hamda talabalar Z.Xoliqova hamda M.Saydullayeva Jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan 18-dekabr “Xalqaro arab tili” kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar. Tadbirdan oldin va tadbir davomida arablarning urf-odatini ko‘rsatib beradigan sahnalar, xattotlik ko‘rgazmalari namoyish etildi. Talabalar tomonidan arab tilida vatan va ustoz haqida she’r, qasida, ona haqida monologlar hamda qo‘shiqlar ijro etildi.
Rossiya Federatsiyasi vakolatxonasining “Rossotrudnichestvo” tashkiloti ishtirokida «29 лет всеобъемлющего сотрудничества» mavzusida uchrashuv
Bugun, 10 dekabr kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi vakolatxonasining “Россотрудничество” tashkiloti ishtirokida «29 лет всеобъемлющего сотрудничества» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mehmoni “Россотрудничество” tashkiloti vakili I. V. Suljina universitetga tashrif buyurib, Xalqaro hamkorlik prorektori N. Z. Normurodova bilan A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining istiqbolli rejalari hamda “Россотрудничество” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik masalalari doirasida do‘stona suhbat olib borishdi.
So‘ng Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.B.Rashidova va rus tili o‘qituvchilari tomonidan A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazining faoliyati va uning yutuqlari bilan tanishtirildi. Suhbat davomida universitetda faoliyat yuritayotgan O.Azizov xonasi haqida ma’lumotlar berildi. Kelgusida O. Azizov xotirasiga bag‘ishlangan har yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Азизовские чтения” konferensiyasini yo‘lga qo‘yish haqida takliflar kiritildi.
Uchrashuv fakultet talabalarining adabiy-badiiy tadbiri bilan yakunlandi.
Fors dunyosining mashhur universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi
“Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Eronning jahonga mashhur Firdavsiy davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi."
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Eronning jahonga mashhur Firdavsiy davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiya tarkibida Firdavsiy nomidagi Mashhad universitetining Millatlararo akademik aloqalar bo'limi boshlig'i Dr. Ehsan Ghabool, fors tilini o'zga tillilarga o‘qitish markazi direktori Dr. Mohammad Taghavi, Firdavsiy markazi direktori J. Yahaghilar universitetimizning aziz mehmonlari bo‘lishdi. Mehmonlarni ToshDO‘TAUning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. Hurmatli mehmonlarimiz ToshDO‘TAUda mavjud fakultetlar, o‘quv markazlari, talabalar hayoti va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so'ng ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. ToshDO‘TAUda fors tili talabalarga ikkinchi xorijiy til sifatida o'qitiladi va o‘zbek adabiyoti tarixini fors adabiyoti bilan adabiy ta'sirsiz tasavvur etish qiyin. Ushbu ikki xalqning uzoq tarixiy madaniyatidagi mushtaraklik bugungi kundagi yaqin hamkorlik uchun ham dastutilamal bo‘lishi tayin. Shu jihatdan olib qaralganda Firdavsiy va Alisher Navoiy nomlari bilan ataluvchi universitetlar o'rtasida hamkorlik o‘rnatilishida ramziy ma'no bor.
Hamkorlik memorandumiga ko‘ra ikki universitet o‘rtasida talabalar almashinuvi, xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarning o'zaro tajriba almashishlari uchun sharoit yaratish, ilmiy jarayonda yaqin hamkorlik qilish masalalari ko'zda tutilgan. Qolaversa, iqlimi va madaniyati jihatdan go'zal bo‘lgan O‘zbekistonda eronlik talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish ham ko'zda tutilgan.
Umid qilamizki, ushbu hamkorlik har ikki mamlakat universitetlari uchun birdek manfaatli bo'ladi.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar
Arab tili (2-kurs, 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish) (o‘zbek tili)
Arab tili (2-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti o'qitish)
Arab tili (2-kurs, 60230200 –Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Arab tili (3-kurs,60230200 –Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Arab tili (4-kurs, 60230200 –Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Arab tili (2-kurs, 60230200 –Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Fors tili (2-kurs, 60230200 –Tarjima nazariyasi va amaliyoti) (sirtqi ta'lim)
Fors tili (1-kurs, 60230200 –Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Fors tili (2-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti o'qitish)
Fors tili (3-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Fors tili (2-kurs, 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish)
Rus tili (1-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Rus tili (2-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti o'qitish)
Rus tili (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Rus tili (3-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Rus tili (1-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti o'qitish)
Nemis tili (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Nemis tili (3-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Fransuz tili (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Fransuz tili (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)