img

Xoliqov Bahodir Aliqulovich

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor


Xoliqov Bahodir Aliqulovich- Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xoliqov Bahodir Aliqulovich 2021-yil 11-oktabrdan ToshDO‘TAU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Bahodir Xoliqov 2007-yilda O‘zDJTUning Filologiya (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishini, 2011-yilda Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha mazkur universitetning magistratura bo‘limini tamomlagan. 2018-yilda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2021-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.

2012-2013 yillarda O‘zDJTUda stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi, 2013-2015 yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2015-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, 2016-2017 yillarda ToshDO‘TAU Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, 2017-2018 yillarda universitet Kengashi kotibi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida), 2018-yilda O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Bahodir Xoliqov 2017-yil fevral-aprel oylarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bosh ilmiy-metodik markazida Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish bo‘yicha o‘qitish kursini muvaffaqiyatli tugatgan.

Bahodir Xoliqov bugungi kunda o‘zbek adabiyotining Angliyada tadqiq etilishi doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U o‘z tadqiqotlarida,asosan,o‘zbek adabiyotining jahon adabiyoti rivojiga ta’sir qilgan ichki va tashqi omillar, qiyosiy adabiyotshunoslik muammolarini hal qilishga oid mavzular doirasida maqola va kitoblar nashr qilgan. Uning ilmiy ishlari qatorida “Detektiv roman poetikasi” (2016), “Somparative Literature Critical Studies” (2021) kabi asarlarni ko‘rish mumkin.

Bahodir Xoliqov DITD doirasida bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha rahbari hisoblanadi. Bahodir Xoliqov Tojikiston, Turkiya respublikalari, Rossiya Federatsiyasida ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. Xalqaro anjumanlar va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalari bilan qatnashib, qator maqola va tezislar chop ettirgan.