
Turkiy tillar tadqiqining komparativ va dialektologik aspektlari: o‘tmish, bugun va kelajak
2025-yil 14-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Axmet Baytursinuli nomidagi Tilshunoslik instituti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi davlat universitetining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “Turkiy tillar tadqiqining komparativ va dialektologik aspektlari: o‘tmish, bugun va kelajak” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Konferensiya taniqli tilshunos olim Shora Shamg‘aliuli Saribayev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlandi.
Mazkur anjuman turkiy xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ularning til, madaniyat va qadriyatlaridagi mushtaraklikni tadqiq etish hamdabugungi kun turkologiyasining dolzarb masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Xalqaro konferensiya Alisher Navoiy nomidagi universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovning kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida turkiy xalqlarning qadimiy tarixi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasiga e’tibor qaratdi. Akademik Sirojiddinov turkiy xalqlarning “baland idroki” ularning maqollarida, turmush tarzi va ilmiy faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u mashhur olim va mutafakkirlar –Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Zamaxshariy, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi shaxslarning merosiga alohida urg‘u berdi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy FA Direktorlar kengashi raisi, akademik Karimbek Aristanbekovich Kurmanaliyev, Muxtor Avezovnomidagi davlat universitetining O‘zbekistondagi filiali rektori tarix fanlari doktori,Qozog‘iston Respublikasi Milliy FA akademigi Dariya Perneshovna Kojamjarova, Axmet Baytursinuli nomidagi Tilshunoslik instituti direktori Anar Muratovna Faziljan, Tabiiy fanlar Milliy akademiyasi Vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor Yerengaip Salipovich Omarov, Axmet Baytursinuli nomidagi Tilshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Mirzabergen Malbakovich Malbakov, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU professorlari, filologiya fanlari doktorlari Hamidulla Aripovich Dadaboyev, Samixon Ashirboyevning ma’ruzalarida Shora Shamg‘aliuli Saribayevning ibratli hayot yo‘li, serqirra ilmiy faoliyati, ayniqsa, oltoyshunoslik, dialektologiya va leksikografiya sohalaridagi yutuqlari ta’kidlandi. Ma’ruzachilar Shora Saribayevning nafaqat Qozog‘iston, balki xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, o‘zining ilmiy maktabi, boy kutubxonasi, dialektal so‘zlar kolleksiyasi va fundamental tadqiqotlari bilan tanilgan olim ekanligi, turkologiya rivojiga qo‘shgan hissasi xususida to‘xtaldi.
Shora Saribayevning farzandlari – Bosh kotib, Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlaribo‘yicha kengash a’zosi, Favqulodda va muxtor elchi Qayrat Saribay, Abilayxon nomidagi Xalqaro aloqalarva jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi Mayra Saribay Saribayevlar sulolasivakillarining jamiyat hayoti va ilm-fan rivojida tutgano‘rni, sohadagi dolzarb masalalar haqida to‘xtaldi hamda anjuman tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi.
Konferensiya davomida turkiy tillarning komparativ tahlili, dialektologiya sohasidagiyangiliklar va ularning zamonaviy tilshunoslikdagi ahamiyati haqida bir qator qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston va Qozog‘iston oliyta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, turkiy tillar bo‘yicha ilmiyishlarni birgalikda olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.