O‘zbek tili va adabiyoti ta‘limi kafedrasi

img


Kafedra 2024-yilda tashkil etilgan. Kafedraning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonida  ona tili va adabiyoti, o‘zbek tilini jahon standarti talablari darajasida samarali metod va usullar orqali o‘qitish    ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni tayyorlash, shu asosida ta’lim sifatini  oshirishga xizmat qilishdan  iborat.
Kafedra qoshida  “Ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili  ta’limini takomillashtirish”  ilmiy tadqiqot markazi, “Mahorat maktabi” metodik kurslari tashkil etilgan.  Kafedrada ilmiy-innovatsion faoliyatni jadallashtirish, kafedraning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqot va xoʻjalik shartnomalari vositasida  oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, pedagog-xodimlar ilmiy izlanishlari orqali moddiy manfaatdorligini taʼminlash, ilmiy-innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, maslahat va turli xildagi xizmatlar koʻrsatish, respublika OTM va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy natijalarni  amaliyotga joriy etish, oʻzbek tili va adabiyotining tadqiqi,  uning taʼlimi va targʻibiga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish  boʻyicha izlanishlar olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan kafedra professor-o‘qituvchilari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 2-4-bosqich talabalari bilan haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini “4+2” tartibida olib boradilar. O‘quv mashg‘ulotlarining 4 kuni universitetda, 2 kuni Toshkent shahridagi eng yirik umumta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida o‘tkaziladi.
Kafedrada  16 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchi, 3 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), 1 nafar filologiya fanlari doktori, professor,  2 nafar fan nomzodi,  6 nafar pedagogika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD),   4 nafar filologiya  fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD),   2 nafar katta o‘qituvchi,  6 nafar o‘qituvchi  dars beradi.
Kafedra mudiri:  filologiya fanlari doktori, professor Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna
Kafedraning  ilmiy salohiyati:    65 %.
Kafedra xizmat ko‘rsatadigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari:
Bakalavriyat yo‘nalishlari:
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti (kunduzgi).
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti (kechki).
60111600 – O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
Magistratura mutaxassisliklari:
70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti.
70111701– O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

Kafedraning ustuvor ilmiy – metodik  yo‘nalishlari:

  • •  Ona tili, o‘zbek tili, o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasini  takomillashtirish.
  • •  O‘qitishning yangi zamonaviy usullari va texnologiyalarini tatbiq qilish.
  • •  Global ta’limda yuz berayotgan metodikalarni tahlil qilish.
  • •  O‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi asarlarning qisqacha sharhini yaratish.
  • •  Muayyan ijodkorlar ijodini o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar ko‘rinishda  elektron mahsulotlar ishlab chiqish.
  • •  Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.
  • •  O‘zbekiston ta’limidagi ta’lim metodlarini  xorijdagi amaliy metodlar bilan qiyoslab o‘rganish.
  • •  Dunyoning yetakchi metodist - professorlari bilan xalqaro ilmiy-amaliy metodikalar ishlab chiqarishni ishlab chiqish.
  • •  Metodikaga oid  Xalqaro seminarlar tashkil etish.
  • •  Sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish. 
  • •  Ortologiya – o‘zbek tili adabiy nutqi me’yorlari va uni til egalarida ta’minlashning amaliy masalalarini tadqiq qilish;
  • • Zamonaviy leksikografiya va terminologiya – o‘zbek tilshunosligi nazariyasi yo‘nalishlari yutuqlarini milliy lug‘atchilik va terminologiya muammolari yechimiga yo‘naltirish;
  • •  Xorijda nashr etilgan saralangan adabiyotlar asosida zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv adabiyotlarini olish;
  • •  O‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitishning yangi standartlari va metodlarini ishlab chiqish;
  • • Barcha fanlarning o‘quv-uslubiy taʼminotini va ularga zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari asosida talabalarga yetkazib berish;
  • •  Umumtaʼlim maktablarining oʻzbek tili darsliklari uchun multimedia dasturlarini olish;
  • •  Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘qitishning intensiv kurslarini  tashkil qilish.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar