O‘quv-uslubiy bo‘lim

Tug‘ilgan sanasi: 23.11.1987
Millati: O‘zbek
E-mail: nazarovvahobjon@navoiy-uni.uz
Kontakt: +998 71 281 45 17
Qabul kunlari: 9:00 - 18:00
Dushanba-shanba
MA'LUMOT
- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, xatlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet Kengashining qarorlari, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- O‘zbeknston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini professor-o‘qituvchilarga hamda talabalarga yetkazib borish;
- “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Davlat ta’lim standartlariga oid talablarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini va o‘quv ishlarining tashkil etilishini ta’minlash;
- Fakultet va kafedralarda o‘quv ish rejalarini bajarilishini ta’minlash;
- Kafedralarning o‘quv jarayonidagi faoliyati hisobotlarini tahlil qilish;
- O‘quv jarayonini yanada takomillashtirilishiga qaratilgan masalalar bo‘yicha barcha fakultet va kafedralarda hamjihatlik asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, rejalar tuzish hamda ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
- Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini boshqarish;
- O‘quv-uslubiy bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash.
O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM BOSHLIG‘I
TA’LIM:
2006-2010
Bakalavriat: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.
Filolog. Fransuz tili o‘qituvchisi
2010-2012
Magistratura: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston. Lingvistika (Fransuz tili)
ISH FAOLIYATI:
2006 - 2010
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Bakalavriatura talabasi
2010 - 2012
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura talabasi
2012 - 2013
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tillar o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
2013 - 2014
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
2014 - 2018
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tili o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi media ta’lim mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2018 - 2020
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2020 – hozirgi paytgacha
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
HOZIRGI ISH JOYI:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
O‘quv-uslubiy bo‘lim
O‘quv-uslubiy bo‘lim universitet boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning faoliyati universitetda Davlat ta’lim standartlari va boshqa o‘quv-me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv ishlarini tashkil etilishini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi.
Bo‘limning maqsadi:
Me’yoriy hujjatlar asosida bakalavriat va magistratura uchun ta’lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarga muvofiq ravishda tashkil etadi, nazorat qiladi hamda boshqaradi.
Bo‘lim vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
- Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv ishlarini tashkil etilishini ta’minlash;
- Fakultet va kafedralar o‘quv ish rejalarini bajarilishini ta’minlash;
- Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
- O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
- O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta’minlash, tahlil qilish;
- O‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta’minlash;
- Fakultet hamda kafedralarda o‘quv yuklamalari hisobini to‘g‘ri va mavjud me’yoriy hujjatlarga asosan taqsimlanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
- Universitetda auditoriya fondidan foydalanish va ularning taqsimlanishini ta’minlash;
- O‘quv-uslubiy jarayonga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta’minlash;
- Barcha fakultetlarda darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi, o‘quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta’minlash;
- Barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini o‘quv reja (ishchi o‘quv reja) va fan (ishchi o‘quv) dasturlari bilan ta’minlash;
- Talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etilishini ta’minlash;
- Talabalar bilimini baholashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etilishini ta’minlash;
- Talabalarni mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni ta’minlash;
- ToshDO‘TAU Kengashi rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini ta’minlash;
- Bo‘lim faoliyatiga oid ma’lumot va hisobotlarni Vazirlikka o‘z vaqtida, o‘rnatilgan tartibda taqdim etib borish;
Bo‘limning huquq va majburiyatlari:
Bo‘limning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda ijro organlari, shuningdek, universitet fakultetlari, kafedralar bilan aloqa bog‘lash, shuningdek, bo‘lim nizomida belgilangan vazifalarni so‘zsiz bajarilishini qamrab oladi.