Kafedra dotsenti v.b. (PhD) Manzura Abjalova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbek tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar tanlovining filologik yo‘nalishi sovrindori.
“InnoWeek.Uz-2021” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ko‘rgazmada ilk marotaba 20 dan oshiq fanga oid innovastion o‘quv qo‘llanmalari namoyish etildi. Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dots.v.b., (PhD) Manzura Abjalova va universitetdagi ilmiy jamoa tomonidan yaratilgan “Oʻzbek tilining ta’limiy korpusi” taqdimot qilib berildi.
Kafedra katta o'qituvchisi R. Atamuratov hammuallifligida "Informatika va axborot texnologiyalari (7-sinf)" darsligi yaratildi.
Universitetning bir qator fidoyi ustozlari DSc, PhD hamda dotsentlik diplomlarini olishdi. Jumladan, kafedra mudiri, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, B.B. Elov dotsent unvoni bilan taqdirlandi.
Kafedra a'zolari tomonidan tashkillashtirilgan "Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim va istiqbollar" mavzusidagi XALQARO konferensiya muvaffaqiyatli o'tkazildi.
2022-yil 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan kafedraning bir guruh o'qituvchilari munosib taqdirlandi, esdalik sovg'alari topshirildi.
Ta'lim sohasidagi ko'p yilllik samarali mehnati, yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga qo'shayotgan munosib hissasi hamda 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan kafedra mudiri texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent B.Elov Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Kafedra dotsenti v.b. (PhD) Manzura Abjalova 2020-yil Respublika miqyosida o'tkazilgan "O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III tanlovida ishtirok etdi va tanlov natijalariga ko'ra Abjalova Manzura Abdurashetovna “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” yo‘nalishi g‘olibi deb topildi.
Kafedra dotsenti v.b. (PhD) Manzura Abjalova O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedraga biriktirilgan talabalar va ularning ilmiy rahbari dots v.b M.Abjalova tomonidan " Transport terminlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug‘ati" yaratildi va nashr etildi.
“Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiri texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, B.Elov 2021-yil dekabr oyida Turkiyaning Karabuk universitetiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi va universitet Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari uchun tabiiy tilni qayta ishlash, sun’iy intellekt tamoyillari fanidan onlayn va oflayn 20 soatlik mashg'ulot o‘tkazdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Ona tili- millat g'ururi" ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovida "Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar" yo'nalishida kafedra o'qituvchilari B.Elov va M.Abjalova ishtirokidagi loyiha II darajali diplom bilan taqdirlandi.