Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi!

img

    Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi 2019-yilda tashkil etilgan Axborot texnologiyalari kafedrasi negizida yaratilgan. Kafedra faoliyati talabalarda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), avtomatik tarjima, til korpuslarini yaratish boʻyicha amaliy masalalarni yechish, filologik axborot tizimlarini ishlab chiqish, qidiruv tizimlari, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. 2021-yilda kafedra huzurida Kompyuter lingvistikasi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz filologik masalalarni modellashtirish, ularning maʼlumot va bilimlar bazalarini yaratish, tadqiq etish; sunʼiy intellekt uchun tilni modellashtirish usullarini yaratish, shuningdek, leksik maʼlumotlar bazalari – lingvistik ontologiya, axborot qidiruv tizimlari, kompyuter leksikografiyasi, mashina tarjimasi, kompyuter lingvistikasi terminologiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi va lisoniy raqamli texnologiyalar ishlanmalarini yaratish boʻyicha izlanishlar olib boradi.

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Mutaxassisligi axborot texnologiyalari, informatikadan boshqa bo‘lgan talabalarga o‘zlarining kasb mahoratlarini oshirishda kompyuter texnologiyalari va matn bilan ishlaydigan dasturlardan foydalana olish kompetensiyasini shakllantirish;
  • Kompyuter lingvistikasi yoʻnalishlari doirasida lingvistik masalalar boʻyicha dasturiy va lingvistik ta’minotlarni yaratish;
  • O‘zbek tilini sun’iy intellekt uchun modellashtirish;
  • O‘zbek tilining milliy va ta’limiy korpuslarini, shuningdek, boshqa tur til korpuslarini yaratish;
  • Oʻzbek tilidagi elektron lugʻatlarni ishlab chiqish;
  • Raqamli nashriyot va taʼlim sohalarida axborot texnologiyalari hamda axborot marketing xizmatlarini rivojlantirish;
  • Yangi axborot texnologiyalarini va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilish;
  • Talabalarda axborot texnologiyalaridan hamda internetdan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;

Kafedrada 5 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 2 nafar filologiya fanlari doktori (DSc), 3 nafari falsafa fanlari doktori (PhD). Kafedraning ilmiy salohiyati: 42%. Kafedra mudiri: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,dotsent Elov Botir Boltayevich.

  

 

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun: 

60230800 – Kompyuter lingvistikasi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun:

5A120106 – Kompyuter lingvistikasi.  

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Ilmiy tadqiqot metodologiyasi (2-kurs,70230801-Kompyuter lingvistikasi)
Kompyuter leksikografiyasi (2-kurs,70230801-Kompyuter lingvistikasi)
Korpus lingvistikasi (1-kurs,70230801-Kompyuter lingvistikasi)
Ma'lumotlar bazasi va data mining (1-kurs,70230801-Kompyuter lingvistikasi)
Python dasturlash tili (1-kurs,70230801-Kompyuter lingvistikasi)
Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) (1-kurs,70230801-Kompyuter lingvistikasi)
Amaliy dasturlar paketi (2-kurs,60230600-Noshirlik ishi)
Dasturlash texnologiyalari (2-kurs,60230800-Kompyuter lingvistikasi)
Logotip dizayni (2-kurs,60230600-Noshirlik ishi)
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (2-kurs,60230800-Kompyuter lingvistikasi)
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (2-kurs,60230600-Noshirlik ishi)
Multimedia texnologiyalari (2-kurs,60230600-Noshirlik ishi)
Statistika (2-kurs,60230800-Kompyuter lingvistikasi)
NLP algoritmlari (2-kurs,60230800-Kompyuter lingvistikasi)
Web-sahifalar verstkasi (2-kurs,60230600-Noshirlik ishi)
Raqamli texnologiyalar (1-kurs,60230800-Kompyuter lingvistikasi)
Mobil ilovalar yaratish texnologiyasi (4-kurs, 5611600-Noshirlik ishi)
Axborot texnologiyalari (1-kurs, 60311000-Sotsiologiya)
Axborot texnologiyalari (1-kurs, 60111400- O'zbek tili va adabiyoti
Axborot texnologiyalari (1-kurs,60230300-Noshirlik ishi)
Axborot texnologiyalari (1-kurs, 60230900-Folklorshunoslik va shevashunoslik)
Axborot texnologiyalari (1-kurs, 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish(o'zbek tili))
Axborot texnologiyalari (1-kurs, 60111600-O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili)
Axborot texnologiyalari (1-kurs, 60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti(ingliz tili))
Noshirlik ishida axborot texnologiyalari (1-kurs,60230600- Noshirlik ishi)
Medialoyihalashtirish va grafik dizayn (4-kurs, 5611600-Noshirlik ishi)