Yangiliklar

img
Wed, 01/10/2024 - 17:42

Yosh sotsiologlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi

2024-yilning 10-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “NBT Nazar Business and Technology” MCHJ kompaniyasi vakillari mehmon boʻldi. Mehmonlarni universitet xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori N.Normurodova va Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi vakillari kutib oldi. Suhbat davomida “NBT Nazar Business and Technology” rahbari M. Xolmirzayeva jamiyatimizda sotsiologik tadqiqotlarga ehtiyoj ortib borayotgani va professional mutaxassislar yetishmasligini alohida qayd etdi. Yosh sotsiologlarni tayyorlashda ToshDOʻTAU faoliyatini olqishlab, hamkorlik oʻrnatishdan mamnunligini qayd etdi. Shundan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda “NBT Nazar Business and Technology” oʻrtasida memorandum imzolandi.
Ikki taraflama hamkorlik ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida universitetimizda ochilgan yangi ijtimoiy sohalardan bo‘lgan sotsiologiya sohasi doirasida ilmiy va amaliy hamkorliklar olib borish hamda talabalar amaliyotini NBT kompaniyasi bazasida o‘tkazish masalalari kelishib olindi.